Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


MBBTning asosiy vazifalari va xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə45/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

MBBTning asosiy vazifalari va xususiyatlari. Ma’lumki, MBBT dasturiy va til vositalarining to‘plamidan iborat bo‘lib, ular yordamida MB ni hosil qilish, yuritish, tahrirlash va boshqa vazifalarni bajarish mumkin. Bunday tizim yordamida operatsiya tizimining ma’lumotlarini boshqarish bo‘yicha imkoniyatlari kengayadi.


9.1-jadval. Tartiblashgan fayl va indeks
Asosiy fayl Tartiblashgan fayl




Ismi-sharifi


Tug‘ilgan yili




Tugilgan yili


Manzili

001

Xalilov S.S.

1970



1959

004

002

Salimov S.X.

1969



1969

002,003

003

Jalilov A.A.

1969



1970

001

004

Valiev A.A.

1959



1970

001


MBBT ning vazifalarini uch guruhga ajratish mumkin:
  • fayllarni boshqarish; ya’ni faylni ochish, nusxa olish, nomini o‘zgartirish tuzilishini o‘zgartirish, qayta hosil qilish, tiklash, hisobot olish, bekitish va boshqalar;


  • yozuvlarni boshqarish, ya’ni yozuvlarni o‘qish, kiritish, tartiblashtirish, o‘chirish va boshqalar;


  • yozuv maydonlarini boshqarish.


Shuni ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarni harflar dastasi yordamida kiritish, hisoblash, takroriy jarayonlarini amalga oshirish, ma’lumotlarni ko‘rsatuv oynasi yoki bosmaga chiqarish MBBT ning vazifalari qatoriga kirmaydi. Bu vazifalar amaliy dasturlar yordamida bajariladi. Bunday dasturlar MBBTning maxsus dasturlash tillari orqali hosil qilinadi.


Yuqorida keltirilgan vazifalar to‘plami MBBT da uch turdagi dasturlarning bo‘lishini talab qiladi: boshqaruvchi dastur, qayta ishlovchi (translyator) dastur va xizmat ko‘rsatuvchi dastur. MBBT ishga tushishi bilan asosiy boshqaruvchi dastur xotirasiga yuklanadi. Boshqa dasturlar tegishli holda ishga tushiriladi.
MBBTni turkumlashda mantiqiy tuzilish asos qilib olingan. Shuning uchun ham tarmoqli, pog‘onali va relyasion MBBTlari mavjud. Relyasion MBBT lari keng tarqalgan bo‘lib, ular jumlasiga dBase III Plus, FoxBase, Fox Pro, Clipper, dBase IV, Paradox va boshqalar kiradi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin