Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati
“IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI”
1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati Reja:
1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari
2. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va vazifasi
3. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari
4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari
Tayanch so’z va iboralar: informatika, elektron hisoblash texnikasi, funktsional protsessorlar, informatikaning usullari va vositalari, mexanik qurilmalar, elektromexanik ashinalar.
1. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari Insoniyat harakat va raqobat orqali turmush tarzini rivojlantiradi va yangi-yangi kashfiyotlarni yaratilishiga sabab bo`ladi. Bu kashfiyotlardan biri – kompyuter texnikasidir. Azaldan insoniyat o`z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan shug`ullangan. So`zsiz aytish mumkinki kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri. Davr talabiga ko`ra bugunga kelib kompyuter texnikasi juda rivojlanib ketdi. Ma`lumotlarni yig`ish, boshqarish, qayta ishlash va uzatish ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni hozirgi kunning eng zo`r va ixcham texnologiyasidan foydalanishga bo`lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Chunki butun dunyoda XXI asr – «axborot» asri deb tan olingan. Axborot asrida katta hajmdagi ma`lumotlar ombori va axborotlar ustida ishlashga to`g`ri kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini rivojlanishiga, kunlik ehtiyojga kerakli vositalar (masalan, uyali telefon, DVD player, Flash xotira, …), yuz berayotgan jadal o`zgarishlar ularning bir qismi bo`lgan «Kompyuter texnikasi» va «Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari» faniga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Axborot texnologiyasining rivojlanishi dasturiy va texnik ta`minotga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Bu ta`sirlar shunchalik kuchliki, yillar ichida emas, balki oylar ichida o`zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalari va uning texnik, dasturiy ta`minotini yangi variantlari paydo bo`lishi bu sohadagi xizmat qilish usulini tubdan o`zgartirishni talab etadi. Eslab ko`ring1, kerakli ma`lumotni tahrirlash, xotiraga yozish, qayta ishlash usullarni amalga oshirish yoki bir masalani kompyuterda yechib, natija olish uchun algoritmlarni, dasturlash tillari va ishlash muhitini bilishni talab qilar edi. Bunday ma`lumotga ishlov berish usullarini faqat mutaxassislargina amalga oshirishni bilardilar. Ammo hozirgi jamiyatni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir soha borki, ishlab chiqarishdan to ta`lim muassasalari, fermerlikkacha axborot texnologiyalari qolaversa, kompyuter texnikasining imkoniyatidan foydalanib kelinmoqda. Kompyuterlardan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko`payishi jamiyat oldida ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirmoqda. Respublikamizda kompyuter savodxonligini oshirish, jamiyatda kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish jarayonining ijobiy kechishi uchun hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2001 -yil Oliy Majlisning V sessiyasida so`zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, umumiy o`rta ta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalari o`quv jarayoniga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan2.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23 maydagi «2001-2005- yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 230-sonli3, 2002 -yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi Prezident Farmoni, mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6 iyundagi «2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to`g`risidagi Qarori e`lon qilindi4. Ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida «2008-2012- yillarda uzluksiz ta`lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish dasturi»ning 1.7-bandida «Uzluksiz ta`lim tizimi o`quv-laboratoriya va informatika xonalaridan samarali foydalanishni baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish», 2.9-bandida «Axborot texnologiyalari va kompyuterlar asosida ta`lim olishning o`quv–metodik majmualarini yaratish va amalga tadbiq qilish», 3.4-bandida «Fanlar bo`yicha virtual laboratoriyalar tashkil etish» hamda 6.14-bandida «Ta`lim sifati ko`rsatkichlari va mezonlarini takomillashtirish, ta`lim sifatini hamda o`quvchi-talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan nazorat va boshqaruv tizimini yaratish» kabi ta`lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko`tarish vazifalari qo`yilgandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 -yil 2 iyundagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi PQ-91-sonli, 2005-yil 8 iyuldagi «Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-117-sonli, 2005-yil 28 sentyabrdagi «O`zbekiston Respublikasi jamoat ta`lim axborot tarmog`ini yaratish to`g`risida»gi PQ-191-sonli Qarorlaridan ko`zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsey, kasb - hunar kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ishlashga o`rgatish keng ko`lamda yo`lga qo`yilmoqda. Buning uchun, avvalo, bilim dargohlari zamonaviy kompyuter texnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda “Inforomatika va axborot texnologiyalari” faniga bo`lgan talab ham ortmoqda.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan yagona sohadir.
"Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so`zi lotincha "thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi. Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`yektining dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar orqali non, bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma`nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiya - bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o`zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.