Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


Online asosida ta’lim olishning afzalliklari va cheklovlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə119/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

5. Online asosida ta’lim olishning afzalliklari va cheklovlari

        - asosiy faoliyat ajralmagan holda ta’lim olish ;


        - ta’lim oluvchi bo’sh vaqtida uy sharoitida yoki ish joyida ta’im olishi mumkin;
        • har bir ta’lim oluvchiga individual yondashuv;


        • resurs materiallar: audio, video materiallardan foydalanib mustaqil shug’ullanish imkoniyati;


        • ta’lim oluvchi duch kelgan qiyinchiliklar bo’yicha maslahatchilardan telefon orqali, xat orqali yoki elektron pochta orqali maslahatlar olish;


        • trening-seminarlar, konferensiyalar, audio, video konferensiyalar tashkil etish va boshqalar.


        Ochiq va masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etishda so’nggi o’n yil ichida turli xildagi texnologiyalar ishlatila boshlandi va ularning qo’llanilish doirasi tobora kengayib bormoqda.


        Online asosida ta’lim olishning cheklovlari:
        • ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida yuzma-yuz muloqotning kamligi;


        • ta’lim oluvchidan resurs materiallari bilan mustaqil ravishda ishlashda qunt va izchillikni talab etadi;


        • ta’lim oluvchi komp’yuter texnikasiga ega bo’lishi kerak;


        • ta’lim oluvchida INTERNET tarmog’iga ulanish imkoniyaga ega bo’lishini talab etadi;


        • tarmoq orqali ta’lim berish muhiti mukammal ishlab chiqilgan tuzilishga ega bo’lishi va ta’lim oluvchilarga tezkor muloqot qilsh imkoniyatini ta’minlashi lozim;


        • ta’lim oluvchi yozma muloqot qilish qobiliyatiga ega bo’lisshi lozim


        Taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va o‘zgarmoqda. Axborot texnologiyalar jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi kunda u bir nechta bosqichlarni bosib o‘tdi. Bu bosqichlarning almashinuvi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi, ma'lumotlarni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Insonning bilim darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan axborotlarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylanmoqda. Jumladan, ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda ya'ni, ta'lim tizimida bugungi kunda Masofadan o‘qitish uslubi qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi bu sirtqi ishning yangi bir usulidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil ish demakdir. Mustaqil ish har bir insonning mustaqil fikrlash, holatini baholash, xulosa va bashorat qilish qobilyatlarini rivojlantiradi. Bugungi kunda insoniyatni huquqiy ongini o‘stirishda, qonun ustivorligini oshirishda, qonunlarni amaliyotda qo‘llanishi, har bir fuqaro o‘zini - huquqini bila olishida, qonunchilikni ya'ni qonun, qaror va farmonlarni xalqimizga, oddiy fuqarolarimizga keng yoritib berishda masofadan o‘qitishning yangi texnologiyalaridan foydalanish uchun qulay sharoit yaratmoqda.


        Yurtimizda qabul qilinayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan har bir qonunlarni xalqimiz ongiga singdirib borishda, tinglovchilarga ta'lim berishda masofadan o‘qitish, videokonferensiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tan olish kerakki, hozirgi vaqtda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi tobora susaymoqda. Yoshlarni hozirda kompyuter va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda. Shu borada o‘qitish, ta'lim berish ayni qo‘l keladigan yo‘nalishdir. Bunda o‘qituvchi kutubxonalardan o‘ziga kerakli bo‘lgan ma'lumotni izlab qimmatli vaqtini ketgazmaydi. Kompyuter orqali u o‘ziga kerakli ma'lumotni osongina topib o‘rganishi mumkin. Bu borada ta'kidlab o‘tish lozimki, Internetda ishlash masalasi yetarli bo‘lishi darkor.
        Kompyuter va Internet tarmog‘ida ishlash malakasi yuqori bo‘lgan har bir tinglovchi ham, u yerda yozilgan yoki chizilgan ma'lumotni to‘laligicha tushunishi oson emas. Bu borada Internet tarmog‘ida yaratilyotgan elektron usuldagi sahifa yoki o‘quv dasturlari ommabop bo‘lishi, ya'ni hammaga birdek tushunarli bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir. Internet sahifalari hozirda Macromedia FLASH, HTML, Java Script, Macromedia Direktor usullarida yozilmoqda va yaratilmoqda. Bu har bir usulning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Agarda biz FLASH dasturi yordamida yaratilayotgan Internet sahifa va dasturlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak , avvalambor uning yaratilishi vaqti qisqa va osondir.
        Yaratilayotgan mahsulotni har xil animatsiyalar bilan boyitish, o‘quvchi uchun qulayliklar yaratish va qiziqarli qilish FLASH dasturida ko‘zda tutilgan va ayni vaqtda asosiy maqsadga muvofiqdir. Lekin ta'kidlab o‘tish joyzki, mahsulotni FLASH ni yoki boshqa dastur orqalimi, yaratayotgan shaxs, bu borada yetarli bilimga va fantaziyaga ega bo‘lishi joizdir.
        O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta'limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim. Mazkur ta'lim turini joriy qilish bilan bog‘liq ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Lekin ularni imkoniyat darajasida hal qilishga erishish mumkin. Masalan, dastlabki paytda televideniyedan foydalanish katta samara berishi mumkin. Hozirgi kunda televideniye orqali ayrim fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinib kelinyapti. Lekin ko‘rsatuvlarning samaradorligi hali yetarli darajada emas. Birinchidan, bu ko‘rsatuvlar asosan kunduzi namoyish etiladi. Ikkinchidan, uning metodikasini yanada takomillashtirish kerak. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari bazasida MO‘ tashkil qilinadigan bo‘lsa, u holda mazkur ta'lim turining tashkiliy - uslubiy tomonlarini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
        Yuqorida ta'kidlanganidek, MO‘ kunduzgi va sirtqi ta'lim turlarining xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shunday ekan, uni tashkil qilishda sirtqi ta'lim turining ayrim elementlaridan ham foydalanish mumkin. O‘tgan asr 80- yillarida abituriyentlarning kirish imtihonlariga tayyorlash maqsadida sirtqi tayyorlov kurslari tashkil etilgandi. Kurs xodimlari tomonidan abituriyentga tegishli fanlarda mutaxassislar ishlab chiqqan vazifa va topshiriqlarning variantlari pochta orqali yuborilardi. Ma'lum bir muddatda abituriyent o‘zi bajargan vazifa va topshiriqlarni tekshiruv uchun kurslar manziliga jo‘natishi yuborilgan vazifa va topshiriqlar o‘qituvchi tomonidan tekshirilib, qisqa mulohazalar yozilib abituriyentga ma'lum qilinishi lozim edi.
        MO‘ni tashkil qilishdagi eng muhim masalalaridan biri professor o‘qituvchilarni tanlashdir. Mazkur ta'lim turini amalga oshirish uchun o‘qituvchilar eng tajribali va tashkilotchi professor - o‘qituvchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki MO‘ boshqa ta'lim turlaridan farqli bo‘lib, uning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilimdonligi, tashkilotchilik va boshqaruvchilik xususiyatlariga bog‘liqdir. Chunki MO‘ ga jalb qilinuvchi o‘qituvchi bir paytning o‘zida mohir pedagog, dono maslahatchi va tajribali boshqaruvchi bo‘lishi kerak. MO‘ ni tashkil qilishning dastlabki davrida respublika aholisining demografik xususiyatlaridan kelib chiqib, tegishli viloyat yoki mintaqa markazlarida MO‘ punktlarini yaratish kerak. Mazkur tuzilma joylarida MO‘ ni tashkil qilish bo‘yicha mas'ul etib belgilanishi lozim. Keyingi bosqichlarda bir yoki turli yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bir necha oliy ta'lim muassasalarida MO‘ markazlari tashkil qilinishi mumkin.

            1 Maktabdagi “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ”predmetining darslari



            2 Хalq so’zi. 2001- yil, 15 may. № 94 (2656). 1-sahifa.



            3 Хalq so’zi. 2001- yil, 24 may. № 101 (2663). 1-sahifa.



            4 Хalq so’zi. 2002 - yil, 1 iyun. № 116 (2944). 1-2-sahifa.



            5 Xalq so‘zi. 2001 yil, 24 may. № 101 (2663). 1-sahifa.



            6 Miller R. Who Has the Most Web Servers? 2012. URL: http://www.datacenterknowledge.com/archi-ves/2009/05/14/whos-got-the-most-web-servers/



            7 www.interfinans.uz



            8 Медведев А. Облачные технологии: тенденции развития, примеры исполнения // Современные технологии автоматизации. 2013. № 2. С. 6–9.



            9 Dallas К. The Internet of Things is Here. 2012. URL: http://blogs.msdn.com/b/windows-embedded/archive/2013/09/06/the-internet-of-things-is-here.aspx



            10 Облачные вычисления (Cloud computing). 2012. URL: http://www.tadviser.ru/index.php/Статья:Об-лачные_вычисления_(Cloud_computing), Gartner призывает к правильному пониманию частного облака. 2012. URL: http://www.crn.ru/news/ detail.php?ID=73064




            http://hozir.org



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin