24.5-rasm.my.estudy.uz LMS tizimining strukturasi my.estudy.uz tizimida o‘quvchilari o‘quv jarayonini boshlashlari bilan: materiallarni ko‘rish, topshiriqlarni bajarish, testda ishtirok etish va barcha harakatlarini hisobga oladi.
24.6-rasm. my.estudy.uz LMS tizimining strukturasi Internet-texnologiyalar asosida masofaviy ta’lim, bu professional ta’limning zamonaviy universal shakli bo’lib, u o’rganuvchilarning individual so’rovlariga va ularning mutaxassisliklariga mo’ljallangan. Masofaviy o’qitish barcha xohlovchilarga o’zlarining individual xususiyatlarga muvofiq professional darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. O’qitishning bunday usulida, interaktiv rejimda o’zlashtiradi, test sinovlaridan o’tadi, o’qituvchi rahbarligiga nazorat ishlarini bajaradi va “virtual” o’quv guruhidagi boshqa tinglovchilar bilan o’zaro aloqa qiladi.
Masofaviy o’qitishda turli axborot va kommunikatsion texnologiyalar qo’llaniladi. Bunda har bir texnologiyaning qo’llanilishi masofaviy kurs oldida turgan maqsadlar va masalalarga bog’liq bo’ladi.
Masalan, ma’lumotlarni matn ko’rinishida yetkazish asosidagi o’qitishning an’anaviy vositasi tinglovchilarning yangi o’quv materiali bilan tinishtirish uchun qo’llaniladi; interaktiv audio va video konferensiyalar real vaqt rejimida o’zaro muloqotni ta’minlaydi, komputerli konferensiya va elekrton pochta esa axborotlarni uzatish, o’quvchilar bilan o’zaro aloqa qilish va bir guruhda o’qiydigan tinglovchilarning o’zaro aloqalarini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Oldindan yozib olingan videoma’ruzalar o’quvchilarga oq’uv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi.
3. Masofaviy o’qitish modellari va ularning turlari Masofaviy o’qitishning tashkil qilishga sabab bo’lgan vaziyatlari bilan farqlanuvchi bir nechta modellar mavjud bo’lib, ular: geografik sabablar mamlakat maydoni, markazdan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi, mamlakatning komputer va axborot texnologiyalari jihatidan rivojlanganlik darajasi, transport va kommunikatsiyalarning rivojlanish darajasi, mamlakatning ta’lim sohasidagi uslublari, masofaviy ta’lim uchun mutaxassislar mavjudligi, ta’lim sohasida axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi bilan farqlanadi.