LMS Modul tizimi haqida
Reja:
1.Masofaviy ta’lim mohiyati.
2.Masofaviy ta’lim tizimida ochiq LMS (Learning management system)
va LCMS (Learning content management system) haqida tushuncha.
3.LMS tizimining intatuzilishi. Masofaviy ta’limda CMS (Content
Management system) tizimini asosiy funktsional masalalari.
4.Masofaviya ta’limda MOODLE texnologiyasi. Virtual ta’lim tizimidan
foydalanish texnologiyasi.
Masofaviy ta’lim mohiyati.
Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda
o‘qishdir. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi,
kommunikatsiyadir.
Masofali ta’lim G‘arbda an’anaviy bo‘lib qoldi: har bir yuqori mavqega ega
bo‘lgan universitet hozirgi kunda albatta, masofali ta’lim dasturiga ega. Ko‘plab
maxsus "masofali o‘quv yurtlari" ochilmoqda, ulardan ko‘pchiligi dunyoda
mashhur va turli mamlakatlarda o‘zlarining bo‘limlarini ochmoqdalar (misol
uchun, Britaniyada Open University). Tahminlarga qaraganda, aynan masofali
ta’lim (an’anaviy o‘qish shakllari bilan birgalikda) keng tarqalib boradi, ta’limning
bu shaklini "kelajak ta’limi" deb atamoqdalar.
Ko‘pchilik chet el davlatlari masofali ta’limni ustuvor yo‘nalish deb e’lon
qildilar va ushbu yo‘nalishni rivojlantiirshga katta mablag‘lar ajratmoqdalar.
Ushbu jarayonni amerikaliklar boshlab berdilar Hozirgi kunda masofaviy ta’lim
AQShda mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga
borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida o‘quv muassasalari yakka
holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo‘ldosh teleko‘rsatuvlar rivojlanib
borishi bilan, bu o‘quv kurslari ustida bir necha o‘quv muassasalari hamkorlikda
ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson
faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta’lim olish sohasiga ham katta ta’sir
ko‘rsatdi. So‘nggi paytlarda ta’limning ushbu turi Yevropada ham faol
rivojlanmoqda. Avstraliya ta’lim dasturlarini ommaviy ravishda kompyuter tiliga
o‘tkazib, ularni faol eksport qilmoqda.
Mamlakatimizda masofali ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘pchilik masofali ta’lim – bu shunchaki bizga ma’lum sirtqi ta’limning yangi
shakli deb hisoblaydilar. Ma’lum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson
uyidan chiqmasdan o‘qishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart
dastur bilan zamonaviy kompyuteri bo‘lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni
aynan masofali ta’lim va zamonaviy tehnika hamda texnologiya bir-biridan
ajralmasligidan iborat.
Bugungi kunda talaba o‘z mamlakatidan chiqmay turib, deyarli, barcha G‘arb
universitetlari dasturlari bo‘yicha ta’lim olishi mumkin. Ta’lim siyosiy va iqtisodiy
birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy foydalaniladigan bo‘lib
bormoqda. Masofali ta’lim g‘oyasida aynan ta’lim an’anaviy turlarida qabul
qilingan (ham kunduzgi, ham sirtqi) "o‘quvchilarning bilimga intilishlaridan"
"bilimlarni o‘quvchilarga qarab harakatlanishi" juda muhim. Dastavval masofali
ta’lim oliy ta’limga ega insonlarning malakalarini oshirishlari uchun mo‘ljallangan
edi. Uning eng oddiy turi – bu avvallari ham mashhur bo‘lgan televizion
ko‘rsatuvlar seriyasi hisoblanadi: butun bir kanal maxsus ta’lim dasturi uchun
ishlaydi. Hozirgi kunda yanada kuchliroq texnikalar paydo bo‘lishi bilan masofali
ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda. Rossiyada siyosiy va iqtisodiy islohotlar
sababli uning ba’zi oraliq bosqichlari o‘tkazib yuborildi va eng ilg‘or – Internet
tarmog‘i orqali ta’lim olish turi keng tarqaldi.
Jahon amaliyotida masofali ta’lim barcha kurslari uchun albatta sertifikat
beriladi, uni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. Barcha kurslarda ham albatta
bunday ishlar yaqin vaqtlarda amalga oshirilishi lozim. Bugungi kunda taklif
etilayotgan ko‘pchilik masofali ta’lim kurslari – bu qiziqishga asoslangan
mashg‘ulotdir. Faqatgina izlash serverlarining o‘zi "masofali ta’lim"
so‘rovnomangizga minglab manzillarni ko‘rsatib beradi. Bu dastur o‘quvchiga
faylda ma’lum bilimlar hajmi ko‘rinishida kelib tushadi. Uni o‘rganib chiqqandan
keyin "talaba" dasturni "tekshirishni" ishga tushiradi -dastur unga savollar beradi.
Savollarga javoblar asosida o‘quvchiga keyingi bosqichga o‘tish taklif etiladi
yoki uning tayyorgarligi yaxshiroq bo‘lishi kerakligi xabar qilinadi. Aniq fanlarda
bilimni baholash masalasi nisbatan oson hal qilinadi va bu yerda testlar
qo‘llanilishi o‘zini oqlaydi, lekin gumanitar fanlarda albatta javobning matni kerak
bo‘ladi. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari tajribalari nazorat o‘tkazishni sirtqi ta’lim
shaklida bo‘lgani kabi, kunduzgi o‘qish mashg‘ulotlari ko‘rinishida o‘tkazish
yaxshi bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin, misol uchun, oliy o‘quv yurti AQShda,
o‘quvchi esa – Rossiyada bo‘lgan hollarda nima qilish kerak? Bu yerda albatta
yozma imtihon yagona yo‘li hisoblanadi.
Mana shu sababli mamlakatimizda videokonferensiyalar usuli keng tarqalgan,
bugungi kunda qo‘llaniladigan o‘qitish usullaridan biri quyidagicha bo‘lishi
mumkin: "Talaba" axborotni oladi, uni o‘rganib imtihon topshiradi. Boshqa usul
ham mavjud. O‘quv materiallari serverga kiritiladi, ularni o‘zlashtirib ma’lum
vaqtdan so‘ng nazorat ishini yozadilar. Shunday qilib, bloklar bilan o‘quvchilar
butun dasturni o‘zlashtiradilar, keyin esa tashkilotchilar imtihonlar topshirish
vaqtini belgilaydilar. G‘arbda ko‘chirib olishga odatlanishmagan: agarda bilim
olishni xohlasangiz o‘qish kerak. Endi uyda o‘tirish va g‘arb namunasidagi diplom
olish imkonidan tashqari masofali ta’lim nimasi bilan afzal eqanligini tushunib
olish qoldi.
Uning xususiyatlari haqida fikr yuritar eqanmiz, birinchi navbatda,
moslashuvchanligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tish zarur. Masofali ta’lim tizimida bilim
oluvchilar odatda, leksiyalar va seminarlar kabi muntazam mashg‘ulotlarga
qatnamaydilar, balki o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda hamda qulay sur’atlarda
ishlaydilar. Haqiqatda bilim olishni istovchilar, odatiy hayot tarzini buza
olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun katta ustunliklar mavjud. Bundan
tashqari, o‘qishga kirish uchun talabadan ma’lum bilim darajasi talab qilinmaydi
va har kim fanni o‘zlashtirishi va baholanishi uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha
o‘qishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |