Lms modul tizimi haqida Reja


Elektron qo‘llanmadan o‘quv jarayonida foydalanilganda quyidagi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#121237
1   2   3   4   5   6   7   8
LMS Modul tizimi haqida

Elektron qo‘llanmadan o‘quv jarayonida foydalanilganda quyidagi 
afzalliklarga ega bo‘linadi: 
• 
tanlangan fan yoki kurs bo‘yicha bayon etilayotgan axborotlar to‘plami 
yaxshi tarkibga ega bo‘lib, tugallangan fragmentlarni tasvirlaydi;
• 
o‘quv kursining tarkibli elementi gipermatnli, ko‘rgazmalilik, audio va 
videoizohli yoki videoko‘rgazmali kalitli mavzulardan tashkil topadi va malakali 
o‘qituvchi yoki ma’ruzachi o‘qilayotgan fandagi o‘z fikrlarini bildiradi hamda 
oddiy darslikda o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan fikrlarni izohlaydi;
• 
gipermediali grafikadan foydalanib, darslikka tegishli murakkab model va 
ko‘rgazmalarni tushunarli va sodda shaklda tasvirlash imkoniyatidan foydalanadi;
• 
elektron qo‘llanma ko‘p oynali interfeysga ega bo‘lib, har bir oynada o‘zaro 
bog‘langan axborotlar joylashtiriladi;
• 
darslikda matnli qism ko‘p sonli kesishgan gipermatnli bog‘lanishga ega 
bo‘lib, zarur axborotni izlash vaqtini qisqartiradi va qo‘shimcha videoaxborot yoki 
animatsiyali kliplardan kursning matnli qismlarini bayon etish mushkul bo‘lgan 
bo‘limlarini ifodalashda to‘liq foydalaniladi;


• 
elektron qo‘llanmada foydalanuvchi tomonidan amallarning to‘g‘ri 
bajarilishi, yordam olish jarayoni ovozli signallar bilan, axborotni boshqa 
ko‘rinishlarini esa multimediali vositalarning imkoniyatlaridan foydalaniladi;
• 
axborotning sifati, ishonchliligi va uning tarkibiga talab oshadi;
• 
elektron qo‘llanma yordamida kurs ishlari va referatlarini tayyorlash 
imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda zamonaviy kompyuter va pedagogik 
texnologiyani birlashtirib yangi ko‘rinish va sifatdagi qo‘llanmalarni yaratish 
mumkin.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamonaviy 
pedagogikada elektron qo‘llanmalardan foydalanish asosiy masala bo‘lib 
qolmoqda. Elektron darslik va ensiklopediyaning jahon ta’lim standartiga to‘liq 
javob bera olishi tinglovchilar bilim sifatini oshirishda ahamiyati muhim eqanligi 
bayon etiladi. Bugungi kunda amaliy jihatdan elektron darslik va ensiklopediyaga 
tegishli ishlar juda kam ishlab chiqilgan. Hozirgi paytda bilim va axborotlarni 
odatiy darslik va ensiklopediya ko‘rinishidan elektron shakliga o‘tkazish va 
samarali qabul qilish imkoniyatini individuallashtirish masalalari davr talabi bo‘lib 
qolmoqda.
Ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanining qo‘llanilish 
yo‘nalishlaridan biri yuqori darajadagi samarali va sifatli multimediali elektron 
darslik va ensiklopedik nashrlarni ishlab chiqishdan iborat. Elektron darslikning 
qo‘llanilish sohasi keng bo‘lib, ayniqsa mustaqil ta’lim olish va masofali o‘qitish 
jarayonida 
samarali 
natijalar 
beradi. 
Hozirgi paytda ta’lim tizimida 
qo‘llanilayotgan elektron darslik va ensiklopediyalar xavaskorlik va kasbiy 
yo‘nalish xarakterida bo‘lib, kompakt-disklarda ishlab chiqilgan. Bunday nashrlar 
internet tarmoqlarida ham paydo bo‘lmoqda.
Bunday nashrlarni yaratishda kitob nashriyotlari, dasturchilar, davriy nashr 
jurnalistlari va ilg‘or o‘qituvchilar faol ishtirok etishmoqda. Elektron darslik va 
ensiklopediyalar qo‘llanma sifatida turli fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quv 
jarayonida foydalanishlari mumkin.


Elektron darslik o‘qituvchi yordamida yoki mustaqil ravishda o‘quv kursi va 
uning katta bo‘limini o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Darslik quyidagi 
qismlardan tashkil topishi lozim:
• 
kursning asosiy qismini bayon etuvchi taqdimotli tashkil etuvchi;
• 
olingan bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan mashqlar;
• 
tinglovchilar bilimini obyektiv baholash imkoniyatini beruvchi testlar.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin