10-rasm. Onlayn Markazi tuzilishi
Online asosida ta’lim olishning afzalliklari:
– asosiy faoliyat ajralmagan holda ta’lim olish ;
- ta’lim oluvchi bo‘sh vaqtida uy sharoitida yoki ish joyida ta’im olishi
mumkin;
•
har bir ta’lim oluvchiga individual yondashuv;
•
resurs materiallar: audio, video materiallardan foydalanib mustaqil
shug‘ullanish imkoniyati;
•
ta’lim oluvchi duch kelgan qiyinchiliklar bo‘yicha maslahatchilardan telefon
orqali, xat orqali yoki elektron pochta orqali maslahatlar olish;
•
trening-seminarlar, konferensiyalar, audio, video konferensiyalar tashkil
etish va boshqalar.
Markaz
menejeri
Televizion ta’lim
guruhi
Internet dastuchilar
guruhi
O’qituvchilar guruhi
O’qituvchilar guruhi
Ochiq va masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etishda so‘nggi o‘n yil ichida
turli xildagi texnologiyalar ishlatila boshlandi va ularning qo‘llanilish doirasi
tobora kengayib bormoqda.
Online asosida ta’lim olishning cheklovlari:
1.ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi o‘rtasida yuzma-yuz muloqotning kamligi;
2.ta’lim oluvchidan resurs materiallari bilan mustaqil ravishda ishlashda qunt
va izchillikni talab etadi;
3.ta’lim oluvchi komp’yuter texnikasiga ega bo‘lishi kerak;
4.ta’lim oluvchida INTERNET tarmog‘iga ulanish imkoniyaga ega bo‘lishini
talab etadi;
5.tarmoq orqali ta’lim berish muhiti mukammal ishlab chiqilgan tuzilishga
ega bo‘lishi va ta’lim oluvchilarga tezkor muloqot qilsh imkoniyatini ta’minlashi
lozim;
6.ta’lim oluvchi yozma muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va o‘zgarmoqda. Axborot texnologiyalar
jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri
bo‘lib, hozirgi kunda u bir nechta bosqichlarni bosib o‘tdi. Bu bosqichlarning
almashinuvi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi, ma’lumotlarni qayta
ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Insonning
bilim darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan
axborotlarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham yangi
axborot texnologiyalardan unumli foydala¬nish bugungi kunning talabiga
aylanmoqda. Jumladan, ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda ya’ni,
ta’lim tizimida bugungi kunda Masofadan o‘qitish uslubi qo‘llanilmoqda.
Masofadan o‘qitish uslubi bu sirtqi ishning yangi bir usulidir. Masofadan o‘qitish
bu mustaqil ish demakdir. Mustaqil ish har bir insonning mustaqil fikrlash, holatini
baholash, xulosa va bashorat qilish qobilyatlarini rivojlantiradi.
Bugungi kunda insoniyatni huquqiy ongini o‘stirishda, qonun ustivorligini
oshirishda, qonunlarni amaliyotda qo‘llanishi, har bir fuqaro o‘zini – huquqini bila
olishida, qonunchilikni ya’ni qonun, qaror va farmonlarni xalqimizga, oddiy
fuqarolarimizga keng yoritib berishda masofadan o‘qitishning yangi
texnologiyalaridan foydalanish uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Yurtimizda qabul qilinayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan har bir
qonunlarni xalqimiz ongiga singdirib borishda, tinglovchilarga ta’lim berishda
masofadan o‘qitish, videokonferensiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tan olish kerakki, hozirgi vaqtda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi
tobora susaymoqda. Yoshlarni hozirda kompyuter va u bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalar ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda. Shu borada o‘qitish, ta’lim berish ayni qo‘l
keladigan yo‘nalishdir. Bunda o‘qituvchi kutubxonalardan o‘ziga kerakli bo‘lgan
ma’lumotni izlab qimmatli vaqtini ketkazmaydi. Kompyuter orqali u o‘ziga kerakli
ma’lumotni osongina topib o‘rganishi mumkin. Bu borada ta’kidlab o‘tish lozimki,
Internetda ishlash masalasi yetarli bo‘lishi darkor.
Kompyuter va Internet tarmog‘ida ishlash malakasi yuqori bo‘lgan har bir
tinglovchi ham, u yerda yozilgan yoki chizilgan ma’lumotni to‘laligicha tushunishi
oson emas. Bu borada Internet tarmog‘ida yaratilyotgan elektron usuldagi sahifa
yoki o‘quv dasturlari ommabop bo‘lishi, ya’ni hammaga birdek tushunarli
bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir. Internet sahifalari hozirda Macromedia FLASh,
HTML, Java Script, Macromedia Direktor usullarida yozilmoqda va yaratilmoqda.
Bu har bir usulning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Agarda biz FLASh dasturi
yordamida yaratilayotgan Internet sahifa va dasturlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,
avvalambor uning yaratilishi vaqti qisqa va osondir.
Yaratilayotgan mahsulotni har xil animatsiyalar bilan boyitish, o‘quvchi
uchun qulayliklar yaratish va qiziqarli qilish FLASh dasturida ko‘zda tutilgan va
ayni vaqtda asosiy maqsadga muvofiqdir. Lekin ta’kidlab o‘tish joizki, mahsulotni
FLASh ni yoki boshqa dastur orqalimi, yaratayotgan shaxs, bu borada yetarli
bilimga va fantaziyaga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi
davrda ta’limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim. Mazkur ta’lim
turini joriy qilish bilan bog‘liq ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Lekin
ularni imkoniyat darajasida hal qilishga erishish mumkin.
MO‘ni tashkil qilishdagi eng muhim masalalaridan biri professor-
o‘qituvchilarni tanlashdir. Mazkur ta’lim turini amalga oshirish uchun
o‘qituvchilar eng tajribali va tashkilotchi professor-o‘qituvchilar orasidan tanlab
olinishi lozim. Chunki MO‘ boshqa ta’lim turlaridan farqli bo‘lib, uning
samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilimdonligi, tashkilotchilik
va boshqaruvchilik xususiyatlariga bog‘liqdir. Chunki MO‘ga jalb qilinuvchi
o‘qituvchi bir paytning o‘zida mohir pedagog, dono maslahatchi va tajribali
boshqaruvchi bo‘lishi kerak.
|