Masofadan o‘qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan
o‘qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan
o‘qitishda moliyaviy hujjatlar asosan o‘quv uslubiy
materiallar tayyorlash uchun,
maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu harajatlarning asosiy qismi bu jarayonni
tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi.
Shuning uchun ham talabalar sonini oshishi bilan o‘qish narxi ham pasayadi.
Masofadan o‘qitishda asosiy e’tiborni o‘quv uslubiy materialarni tayyorlashga
qaratish darkor. Chunki o‘quv uslubiy materiallarning sifati Masofadan o‘qitish
sifatining eng asosiy omillaridan biridir.
Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha
oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika
va texnologiyasini amalga
oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni
rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga
yangicha yondashuvni taqozo
etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida
kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi.
Ushbu texnologiyalar
axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo‘l ochib berish bilan birga ularni
muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.
Masofadan o‘qitishda o‘qituvchi bilan tinglovchining orasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqotning yo‘qligi ham ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan,
muammoli o‘qitish jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo‘ladi.
Tinglovchini yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli o‘qitishni tashkil
etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan
muammoni to‘la hal etib bo‘lmaydi.
Ushbu muammoni hal etish uchun qo‘shimcha o‘quv
materiallarni ishlab
chiqish lozim bo‘ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar,
muammoli vaziyat hosil qiluvchi ko‘rsatmalar va hokazolar bo‘lishi
maqsadga
muvofiq.
Grafik ta’lim
guruhi
Dasturchilar
guruhi
Dostları ilə paylaş: