Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy talabalar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o’qituvchiga biriktirilgan bo’ladi. Maslahatlar va yakuniy nazoratni topshirish uchun esa mintaqaviy bo’limlar bo’lishi shart. Shunday o’quv kurslarida o’quv shaklini tanlashda o’qituvchi va talabalarga katta imkoniyatlar hamda erkinliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi http://www.ou.uk ta’limni keltirish mumkin.
Ikkinchi model. Bu model masofaviy va kunduzgi ta’lim talabalari bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o’quv dasturi va darslar jadvali, imtihonlar va ularni baholash mezonlari mavjud. Bunday o’quv muassasalsrida kundeuzgi kurslar soni masofaviylarga qaraganda ko’p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo’nalishlar bo’yicha izlanishda qo’llaniladi. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi http://www.une.edu.au ta’limni olish mumkin.
Aralash model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlarini integratsiyalash uchun yaratiladi. Talabalar o’quv kursining bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o’qiydi. Shu bilan birga, bu ta’lim turiga virtual seminar, taqdimotlar va ltksiyalar o’tkasih ham kiradi. Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyaning Massey Universitetidagi http://www.massey.ac.nz ta’limni ko’rsatish mumkin.
Konsorsium. Ushbu model ikki universitetning bir-biri bilan birlashishini talab qiladi. Bu muassasalsrdan biri o’quv kurslarini tashkil qilib ishni ta’minlasa, ikkinchisi ularni tasdiqlab, kurslarni talabalar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markaz yoxud universitet o’rnida ta’lim sohasida iahlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o’quv kursini doimiy ravishda nazorat qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur bo’ladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O’quv Agentligidagi http://www.ola.bc.ca ta’limni olish mumkin.