Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə116/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Forig‘lanish - mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan halos etuvchi estetik hodisa.
Halollik - sof, pokiza bo‘lishni talab qiladigan axloqiy meyordir. Insonni manaviy, axloqiy jihatdan bezaydigan ajoyib fazilatlardan biri - halol, pokiza yashash, birovlarning xaqiga zarracha bo‘lsada hiyonat qilmaslikdan iboratdir.
Hukm - predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Xunuklik - kishilarda noxushlik tuyg‘usini paydo qiluvchi, go‘zallik va nafosatdan zavqlanishning ziddi bo‘lgan narsa-hodisalarni inson ongida aks etishidir.
Logos - yunoncha — fikr, aql, so’z.
Ma’naviyat - jamiyat va alohida shaxsning ma’naviy olami, ruhiy holatining ma’no mazmunini ifodalovchi tushuncha.
Madaniyat - inson faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning majmui.
Manaviy-axloqiy tarbiya - yuksak manaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni. Manaviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli va ayni paytda uning natijasi. Axloq manaviyatning o‘zagi. Axloq bu avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani.
Mantiq - to’g’ri tafakkurlash qonun va shakllarini o’rganadigan fan.
Materiya - tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nisbatan ham umumiyroq bo’lgan tushunchadir. Materiya olamdagi barcha moddiy ob’ektlarni, butun ob’ektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy tushunchadir. Materiya moddiy ob’ektlarga xos eng umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir.
Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishi bo’lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Metodologiya - bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot
Moddiy ishlab chiqarish - insonning o‘z hayoti uchun zarur sharo­itlarni yaratish maqsadida tabiatga faol tasir ko‘rasatish va uni o‘zgartirish jarayoni.
Modernizasiya - jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish maqsa­di­da xilma-xil o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan ibo­rat ijti­moiy-tarixiy jarayonni ifodolovchi tushuncha.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin