Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


- mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi. (Etika)



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə55/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

6- mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi. (Etika)
Reja:
1.Etikaning predmeti va jamiyat hayotidagi o‘rni.
2.Axloqning kelib chiqishi va axloqiy fikrlar taraqqiyoti.
3.Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli
4.Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi
Tayanch tushunchalar: Axloq, ma’naviyat, insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, sahovatpeshalik va bag‘rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g‘amxo‘rlik, odob, xulq, qadriyatlar etikasi, axloqiy tarbiya nazariyasi, odoblilik, axloqiy normalar, gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti), huzurbaxshlik, evdemonizm, vatanparvarlik, millatparvarlik, insonparvarlik, muhabbat, yaxshilik va yomonlik, baxt.
Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi. Axloqning paydo bo‘lishi. Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obyektiv a’loqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulq atvor, odob, xatti–harakat prinsip va normalarning majmuidir.
Axloq – ma’naviyatning amalda namoyon bo‘lib, ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Inson ma’naviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo‘ladi. Ma’naviyat – his etiladigan, anglanadigan, oqilonalikka asoslangan botiniy qudrat bo‘lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o‘zgalarga nisbatan ma’naviy munosabatini anglatadi. Shu sababli axloqiy tushunchalar ayni paytda ma’naviy tushunchalar sifatida e’tirof etiladi. Zotan, axloq insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, sahovatpeshalik va bag‘rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g‘amxo‘rlik singari ma’naviy tushunchalarni insonning hayotiy faoliyatida yuzaga chiqaradigan ma’naviy hodisadir. Zero, «Axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir»54
Barcha davrlarda inson va jamiyat o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar siyosiy, huquqiy, iqtisodiy mezonlar asosida boshqarilgan. Ayniqsa, sharq xalqlarida, xususan, xalqimizning insoniy munosabatlar asosini axloq va axloqiylik tashkil etgan: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyat, oila va turli munosabatlar natijasida shaxs sifatida shakllanadi. Uning barkamol darajaga ko‘tarilishi ham jamiyatda amalga oshadi. Inson barkamolligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri o‘zini o‘zi anglashi hisoblanadi, chunki o‘zini o‘zi anglamagan inson barkamol shaxs darajasiga etib kelmaydi. U o‘zini anglagandagina o‘zgalarni anglashda va turli munosabatlarda «men»ligini namoyon etadi.
Axloq – (arabcha – xulqning kopligi; lot. Moralis – xulq-atbor) - ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq – atvori, yurish – turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro munosabat, shuningdek jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini, shuningdek jamiyatga bolgan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayan me’yor va qoidalar yigindisi55. Ushbu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi.
Axloqshunos olim, A.Sher axloqqa o‘zgacha ta’rif beradi: “Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.”56
Etika fan sifatida axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat rivojidagi o‘rni, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganuvchi va haqiqatligi amalda isbotlangan bilimlar majmuidir. Etika fani umumiy etika nazariyasi, tarixiy etika, qadriyatlar etikasi, kasb etikasi va axloqiy tarbiya nazariyasi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Jumladan, Etika nazariyasi axloqning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy qismlari, jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganadi.
Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, har xil nazariyalarning tarixdagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarini tadqiq etadi.
Qadriyatlar etikasi axloqiy me’yorlarni axloqiy meros sifatida shakllanishi hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan axloqiy qadriyatlar tizimini o‘rganadi.
Kasb etikasi har bir kasb-hunarga xos axloqiy (norma) me’yor, (prinsip)tamoyillar va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Axloqiy tarbiya nazariyasi axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tatbiq etishning vosita va usullarini o‘rganadi.
Etika fanining tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, doimo uzviylikni taqozo etadi va to‘ldirib turadi.
Arastu “Katta axloq kitobi”da shunday deydi: “Etika – axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga taalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir. Chindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan, ya’ni munosib bo‘lmagan odam faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo‘lmoq – fazilatlar egasi – fozil bo‘lmoq, demakdir. Zero, ijtimoiy va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan odam axloqan fazilatli odam bo‘lmog‘i kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy qismi, uning asosidir. Shuning uchun axloqni bemalol siyosat deb atash mumkin.”57

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin