Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə6/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Diniy dunyoqarash. Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan eʼtiqodi bilan bog‘liq bo‘lib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega.
Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni eʼtirof etish bilan bog‘liq bo‘lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga eʼtiqod qo‘yish bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi:
- emotsional-ruhiy holatlar;
- iymon-eʼtiqod;
- iymon-eʼtiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy eʼtiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. (Din to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar din mavzusida beriladi).
Diniy dunyoqarash odamlarning diniy tajribasini umumlashtirish va sintez qilish natijasida yuzaga keladigan tabiatning umumiy xossalari va qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarning yaxlit tizimini tashkil etadi. Diniy dunyoqarash o‘zicha borliq va mavjudlikni, yani yaratilgani tufayli borliqqa ega bo‘lgan dunyoni farqlashdan kelib chiqadi. Bu farq mazkur yondashuvni tushunish uchun muhimdir.
Demak, din murakkab manaviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, unda e’tiqod muqarrar tarzda birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.
Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
•dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydo bo‘lgan va bunda g‘ayritabiiy kuchning roli qanday namoyon bo‘lgan, degan savollarga javob beradi;
•kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini taminlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi;
•tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli meyorlar va qoidalarni belgilaydi;
•kompensatorlik funksiyasi yetishmayotgan axborot, diqqat-etibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot manosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, yani insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qatiy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga Cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar e’tiqodi, talimi tarbiyasi yo‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin”.
Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki enga olmaganligi bilan bog‘liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayritabiiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzot taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dinning siyosiy ildizlari turli siyosiy kuchlarning dindan o‘z mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va tasirini kuchaytirishida namoyon bo‘ladi. Shu manoda din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin