Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə61/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Yaxshilik va yomonlik axloqning inson faoliyatini axloqiy jixatdan baholovchi markaziy kategoriyalardan hisoblanadi. Yaxshilik kategoriyasi odatda, kishining biror talabiga to‘la javob beradigan, unga yoqadigan, ma’lum bo‘lgan xatti-harakatlar narsalarning ijobiy sifatlari, biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, unga manfaat yetkazish, xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish tushuniladi.
Yaxshilik deb, tevarak atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodisa vujudga kelayotgan narsalarning insonni e’zozlaydigan, uning manfaat va ehtiyojlarini qondiradigan, axloqiy ideallariga mos keladigan, odamgarchilikning o‘sishini har tomonlama ta’minlaydigan, pirovardida baxtli hayot kechirishga xizmat qiladigan barcha ijobiy tomonlarning yig‘indisiga aytiladi.
Yaxshilik kategoriyasi o‘zining ko‘p qirraligi, keng qamrovligi, axloqiy munosabatlarning universalligi, ya’ni kishilar hayotining barcha jabhalarini qamrab olganligi bilan harakterlanadi. Shuning uchun ham, u mehnat sohasida –jamiyat manfaati yo‘lida qilingan halol ijodiy mehnat, siyosiy va huquqiy sohada – insonparvarlik, adolatparvarlik va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi. Yaxshilik yaxshi xulqlardan tashkil topadi: poklik, aql qadrini bilmoq, ota-onaga itoat qilmoq, qarindoshlarni izzat-hurmat qilmoq, to‘g‘ri so‘zlamoq, muhtojlarga yordam bermoq, sahovat, yumshoqlik, ochiqyuzlik, tavozu’, shavqat, muruvvat va boshqalar.
Yomonlik deb, jamiyatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, kishilarning axloqiy ideallariga, uning e’zozlaydigan qadriyatlariga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda axloqiy taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning o‘sishiga zid keladigan xatti-harakatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tushunchalar yig‘indisiga aytiladi. Yomonlikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: kosmopolitizm, millatchilik, oshna-og‘aynichilik, odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, mansabparastlik, poraxo‘rlik, ta’magirlik, bezorilik, bosqinchilik, giyohvandlik, fohishabozlik va boshqalar. Yomonlikni borliqni aks ettirishiga qarab, ijtimoiy, tabiiy va axloqiy yomonliklarga bo‘lish mumkin.
Alisher Navoiy “Maxbub-ul-qulb” asarida “Yaxshi bo‘l, yomon bo‘l, ikkalasi bo‘laman deganning o‘zi yomon. Kimlar bilan bo‘lsang shulardeksan. Ular yomon bo‘lsa, sen ham yomon, ular yaxshi bo‘lsa sen ham yaxshi. Yomondan yaxshilik kutmoq behuda hayoldir. Itdan kiyikka, mushukdan kabutarga rahm-shavqat bo‘lishi maholdir.”76 Demak, odamda yaxshilikka nisbatan beqiyos muhabbat, yomonlikka nisbatan nafrat bo‘lmog‘i lozim.
Vijdon etikaning nihoyatda ta’sir doirasi keng kategoriyalaridan biridir. U insonning o‘z faoliyati, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ruhiy tahlil eta olish imkoniyatidir. Inson ma’naviyatining kuchi, qudrati ham, o‘z qilmishiga o‘zi xolisona baho bera olish darajasi bilan belgilanadi. Vijdonga Abdulla Sher shunday baho beradilar: “Vijdon, Zigmund Froyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi bu - oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi. Uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog‘i – aysbergga o‘xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan yuz, balki ming barobar kichik.”77
Shaxsning vijdoni umuminsoniy, milliy, ma’naviy qadriyatlar zaminida shakllanadi, uning o‘ziga xos ehtiyoji va manfaatlari, dunyoqarashi va madaniyati hamda ma’naviy kamoloti darajasi bilan aralashib, faoliyatiga baho berishga imkon yaratadigan ruhiy mezonga aylanadi. Shu sababli, vijdonlilik darajasi hammada bir xil bo‘lishi mumkin emas. Vijdon asosida o‘z qilmishimizgagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi voqea va hodisalar va ijtimoiy vaziyatga ham baho beramiz.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin