Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə64/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Rostgo‘ylik yoki to‘g‘riso‘zlilik insonning haqiqatga intilishi bilan bog‘liq xatti-harakatidir. Haqiqat esa doimo sinfiylik, partiyaviylik, mafkuraviylik va tarixiylik, davriylikdan yuqori turadi. Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri rostgo‘ylikdir. Demak, rostgo‘ylik – insonning keyinchalik kasb etgan tabaqaviylik, so‘ziga, ongiga, ruhiga singdirgan, ijtimoiy, hayotiy, davriy, tajribaviy xususiyat emas, balki uning mohiyatida berilgan fazilat. Masalan, yaqinda tili chiqqan yosh go‘dakni olaylik. U nima desangiz ishonadi, o‘zi nimaiki desa – rost gapiradi. Go‘dakning soddaligidan, ishonuvchanligidan, to‘g‘risini aytishidan biz – kattalar kulamiz; lekin, haqiqat ustidan, rostgo‘ylik ustidan kulayotganimizni o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Go‘dak kattarib, «aqli kirib» borgani sari atrof-muhitda yolg‘on mavjud ekanligini, rost gapirsa yo kulgi bo‘lishi, yo jazo olishi mumkinligini anglab etadi va asta-sekin yolg‘onga o‘rgana boshlaydi, dastlabki maishiy yolg‘on ijtimoiy bosqichga ko‘tarildi. Insonning bu yo‘ldan faqat yuksak ma’naviylik, birinchi galda axloqiy tarbiya qutqaradi. Ezgulik, nomus, qadr-qimmat, insonparvarlik, halollik, insof nima ekanini tushunib etgan kishigina rostgo‘y bo‘la oladi. Rostgo‘ylik oson emas. U insondan sabr-toqat, matonat va jasoratni talab qiladi, rostgo‘yinson qo‘rquvdan forig‘ bo‘ladi, har qanday holatda ham vijdoniga qarshi bormaydi: kimlarningdir ko‘ziga qarab, ish tutmaydi, yaqinlarini yoki hamkasabalarini xafa qilishdan, o‘z moddiy manfaatdorligiga zarar etkazishdan cho‘chimaydi.
Hushxulqlilik. Bu axloqiy mezon davlat xizmatchisining faoliyatida nihoyatda zarur bo‘lgan hodisadir. Davlat xizmatchisi inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan hushxulqlilik insonni ulug‘likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo‘lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o‘zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o‘ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi.
Insoflilik halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, ma’lum ma’noda halollikka o‘xshab ketadigan axloqiy fazilatdir. Lekin, halollik o‘z haqi va haqqini, ya’ni moddiy va ma’naviy huquqini o‘zgalarning haqi va haqqiga hiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam olg‘a tashlangan holatdir: unda kishi o‘z halol haqi va haqqidan o‘zganing hisobiga kechadi; «o‘zga»ning sharoiti o‘zinikidan nihoyatda og‘ir va yomon ekanini hisobga olib, o‘z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o‘zgaga beradi, muruvvat ko‘rsatadi.
Ustoz Abdulla Sher ixtiyor erkinligiga shunday ta’rif beradilar: “Ixtiyor erkinligi eng avvalo ixtiyorning uch bosqichda voqe bo‘lishi bilan bog‘liq. Birinchi bosqich, ichidan faqat bittasini tanlab olish va harakatga aylantirish mumkin bo‘lgan alohida xohish-istaklarning tug‘ilishidan iborat. Ikkinchi bosqichda, mazkur xohishlarning o‘zaro bir-birini tutib turishi, teng holatga keltirishi yuz beradi va bu tanlov orqali bir qarorda to‘xtash imkonini yaratadi. Uchinchi bosqich, tanlangan xohishning o‘ziga mos jismoniy harakatga o‘tishi bilan belgilanadi.
Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan erkinlik faqat tanlovning boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud bo‘ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, ya’ni ikki narsadan birini tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati tugaydi: siz ixtiyor qilib bo‘ldingiz, bundan buyog‘iga erkin emassiz, endi tanlagan narsangizga mos harakatni boshlashingiz kerak. Demak, ixtiyor erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oralig‘idagi fikrlash mobaynidagina voqe bo‘ladigan hodisadir.”80 Demak, inson hayoti davomida doimiy ravishda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi va undagi axloqiy tarbiyagina to‘g‘ri tanlash imkoniyatini beradi.
Insonni halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, to‘g‘rilikka, ezgulikka, qisqa qilib aytganda, yuksak axloqlilikka yo‘llash hozirgi kunda birinchi darajali ahamiyat kasb etadigan masalalardan biri bo‘lib qoldi. Chunki, mamlakatimizning mustaqil va barqaror rivojlanishi iymonli, e’tiqodli, ma’naviyati kuchli, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, qalbida milliy ma’suliyat tuyg‘usi chuqur ildiz otgan zamonaviy ma’naviy barkamol insonlar qo‘lidadir. Ma’naviyat-axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O‘z navbatida yuksak ma’naviyat shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin