Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə74/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Transplantatsiya–odam va hayvonlarda potologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib o‘tkazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan malum. Teri, muskul, nervlar, ko‘zning muguz pardasi, yog‘, va suyak to‘qimasi, yurak, buyrak va boshqa organlar ko‘chirib o‘tkaziladi. Qon quyish-transplantatsiyaning alohida turidir. Ko‘chirib o‘tkaziladigan to‘qima yoki organ kimdan olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi. Transplantalogiya – deyarli chorak million og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lgan insonlarga hayotlarini davom ettirish imkoniyatini berdi, lekin Shuning bilan bir qatorda bir qator axloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Ushbu masalada muammo donorlik organlarining etishmasligidadir. Transpantalogiya- yashashga umid qolmagan, dori darmonlar foyda bermagan insonlarning so‘ngi chorasi va yashash uchun so‘nggi umidi bo‘lib qolmoqda. Lekin, ushbu muammo bugungi kunda ko‘pgina jinoiy holatlarga YAni, inson organlarini sotish jarayonlariga olib kelmoqda. Ushbu muammolarni echimining bugungi kundagi YAngi yo‘llardan biri hisoblangan, insonga xayvonning organi yoki to‘qimasini ko‘chirib o‘tish– yani ksenotransplantatsiyadir. Lekin, yaqin-yaqingaga u faqat nazariy jihatdan mavjud edi, chunki organlarning insondan –insonga ko‘chirib o‘tilganda bir qancha muammolar mavjudki, hayvondan insonga ko‘chirilganda ushbu muammolar bir necha marta ko‘payadi. Afsuski, ushbu organlarning insonda qancha vaqt faoliyat ko‘rsatishi mumkinligini hali hech kim bilmaydi. Takidlash kerakki, ushbu sohada bazi muvaffaqiyatli tajribalar o‘tkazilgan. 1963 yil K.Rimstma insonga shimponzening buyragini o‘tkazgan va u 9 oy mobaynida faoliyat ko‘rsatgan.
G‘arb tibbiy bioetikasida diniy va dunyoviy qarashlarida keskin farq mavjud, chunki dunyoviy qarashlarda diniy qarashlarning ayrim jihatlari keskin tanqid qilinadi. Islom falsafasida esa tibbiy amaliy etika alohida yo‘nalish sifatida shakllanmagan, ammo axloqiy qarashlarning tibbiyotdagi ahamiyati, ilmiy izlanishlarda va amaliyotda uning ijobiy tomonlari tahlil etiladi. Musulmon Sharqi mutafakkirlari insonning ruhiyati, qalbi va axloqiy –manaviy tomonlarini tibbiyotdagi ahamiyatini alohida takidlaganlar va axloqiylikni tibbiyot ilmining bir bo‘lagi sifatida qaraganlar. Al-G‘azzoli tabiblarni insonning tanasini va ruhiyatini davolovchi ikki guruhga ajratadi. Ikkinchi toifadagi tabiblar insonning yuragini davolaydi, yurak bu erda nafaqat inson organi shuning bilan bir qatorda insonning o‘zligini anglashi va vijdoni deb ham tushuniladi. Al-Roziy esa “tibbiyot” termini inson organizmini davolash va profilaktikasini anglanishini takidlaydi, “tibbi ruhoni” atamasi esa insonning manaviyati, axloqi va xulqini takomillashtiruvchi tushuncha sifatida tahlil qilinadi.
Hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. shu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida bioetika – etika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi. Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini manaviy tahlil asosida, tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik bioetika – etikaning madaniy negizini tashkil etadi. Bioetika, sotsial masalalar bilan birgalikda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi. Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar qatnashmoqda. Bioetik muammoning dolzarbla shuvi, ilmiy texnik taraqqiyot, biotexnologiya, irsiyat texnologiyasini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, tabiiy muhitni maqsadga muvofiq va tez o‘zgartirishda, insonga katta quvvat berdi. Tabiiy evolyusion jarayonlari uchun ilgari millionlab yillar kerak bo‘lsa,endi inson bu jarayonlarni qisqa vaqt ichida amalga oshirishi mumkin bo‘ldi. Irsiyat texnologiyasi va biotexnologiya inson taqdiriga bevosita aralashib, irsiyatni dasturlashtirish, turli tirik organizmlar, irsiyat asosida yangi organizmlar, biologik robotlar yaratish masalalarini ko‘tarib chiqdi. Natijada, insoniyatning rivojlanishi, fiziologik jihatdan qayta o‘qish imkoniyatlarini, diniy tahlil etish muammolarini keltirib chiqardi. Irsiyatga qanday manaviy mezonlarga ko‘ra, qaysi ideallarga, qaysi qadriyatlarga asoslanib, aralashish muammolari Bioetika etikaning tadqiqot obekti bo‘lib hizmat qiladi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi. Biologik axloq muammolari ikki yo‘nalishdan iborat: biri - insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi - insonlarning «o‘z-o‘ziga va o‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‘liq ichki» axloqiy masalalar.
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhimligini hamma biladi, lekin o‘z bilganidan qolmaydi – muammoning murakkabligi shunda biz yuqori da noosfera, tafakkur borasidagi mulohazalarimizda ekologik buhroilarning bazi ko‘rinishlariga to‘xtalib o‘tdik. Biroq, yana undan tashqari so‘nggi paytlarda jahon bo‘ylab sintetik jismlar ishlab chiqarishning keng yo‘lga qo‘yilganligi, hayvonot va ayniqsa o‘simliklarning gabrid usulida yangi turlarining vujudga keltirilishi singari hadislar ham ekologik ahamiyatga ega.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin