Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə70/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Axloqiy qadriyatlar majmuasi odamzodning manaviy boyligini, ruhiy teranligini, komilligini bilish, halollik va adolat, ezgulik va yaxshilik bilan hayot kechirish kabi oliyjanob umuminsoniy va milliy xislat–fazilat, ongu tafakkur, xulq–odob, faoliyat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning mantiqiy ifodasi, desak xato bo‘lmaydi. Axloqiy qadriyatlar atamasi axloqiy xislat, fazilat va xususiyatlarda ifoda qilinadi. Ammo, axloqning hamma qirralari, mazmun–mohiyati, jamiyat, millat va fuqarolarning ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lish shakpi va tamoyillari, axloqiy qadriyatlar tizimida muayyan darajada ifodalanadi. Axloqiy qadriyatlar axloqiy qoida, meyor, ideal va maqsadlarni baholash mezoni va usullarni ham o‘zida aks ettiradi. Ular ezgulik, yaxshi lik, adolat, dahldorlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, saxovat, ishonch, or-nomus, vijdon, baxt, burch, mehnatsevarlik, YUrtparvarlik, sadoqat, jasorat, kamtarlik, halollik kabi fazilatlar shaklida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy qadriyatlar tabiat hamda inson, jamiyat va milliy– elatlarning ijtimoiy hayotidagi jarayon, voqealik xodisalarga xos axloqiy munosabatlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Axloqiy qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga millat xususiyatlarga ham boydir. Ayniqsa, qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga milliy xususiyatlarga o‘zining mazmun–mohiyati, mavqei, jamiyat va inson kamolidagi ahamiyati va betakrorligi, serqirra va sermazmunligi bilan millatimiz mentalitetiga xos va manaviyatimizga mos hamda hayotimizning uzviy bir qismi, YAni manaviy hayotimizning negizi sifatida ajralib turadi.
Axloqiy qadriyatlarning tub manosi har bir jamiyatga adolat, birdamlik, ezgulik, mustaqillik, tenglik va erkinlik imkoniyat asosida komil, etuk va mukammal insonni kamol toptirishga qaratilgan. Mustaqil YUrtimizda yuz berayotgan salohiyatli iqtisodiyotni barpo etish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, xuquqiy va ijtimoiy munosabatlarni YAngi lash, ijtimoiy–mafkuraviy va manaviy–axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, fuqarolarda fikr erkinligi, tafakkur teranligi, Vatanga sadoqat, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik, kasbkorlik, odob va madaniyatni yuk saltirish, mulkdorlik sinfini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar muhim zamin va omil bo‘ladi va bo‘lmoqda.
Axloqiy qadriyatlar turli xalqlarning madaniyati, turmush tarzi, mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, e’tiqodi, psixologiyasi, diniy qarashlari, milliy manfaatlari, mafkurasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu esa axloqiy qadriyatlar milliy, mintaqaviy qiyofa kasb etishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun, turli xalqlarda axloqiy qadriyatlarga, ularni belgilash mezonlariga yondoshish, ularga amal qilish darajasi ham aynan bir xil bo‘lmaydi. Axloqiy qadriyatlarning milliy jihatlari ana shu tariqa shakllanadi. Har bir millat o‘z qadriyatlarining nafaqat yaratuvchisi, balki asrab-avaylovchisi va kelajak avlodlarga etkazuvchisi hamdir. Milliy axloqiy qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning o‘zi masuldir. Ushbu masullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan axloqiy burchning alohida SHaxslarga emas, butun millatga xos namoyon bo‘lishini anglatadi. Hatto, mustamlakachilik sharoitida yashagan xalqlarda ham milliy axloqiy qadriyatlar butunlay yo‘qolib ketmaydi.
Axloqiy qadriyatlar deb, har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, manaviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib o‘zligini bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlarining muayyan tizimiga aytiladi.
Axloqiy qadriyatlar sirasiga insonparvarlik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. Axloqiy qadriyatlarga rioya qilishni har bir SHaxs o‘zidan boshlashi kerak. Eng asosiysi jamiyatda bor axloqiy qadriyatlarni bilish emas, balki ularga amal qilishdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin