Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/57
tarix30.08.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#141030
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Apparatni yuvib tozalash.
1. Suyuqlik va namakob berishni to‗xtatib, apparatga suv yuboriladi. 
2. Apparat orqali suyuqlik o‗tgandan keyin nasoslar to‗xtatiladi va 
boshqarish pulti elektr tarmog‗idan ajratiladi. 
3. Hamma namakob to‗kib olinadi va namakob keladigan kanallar 
toza suv bilan yuvib tozalanadi. 
4. Apparat 65 – 70 
0
C haroratdagi 0,7 % li soda eritmasi bilan 30 min 
yuviladi va vodoprovod suvi bilan chayiladi. 
5. Apparatni ochib, issiqlik berish plastinkalari mayda qil cho‗tka yoki 
ildizdan yasalgan cho‗tka bilan tozalanadi hamda plastinkalar shlang 
yordamida suv bilan chayiladi. Bu maqsadda metall cho‗tka va 
qirg‗ichlardan foydalanish mumkin emas, chunki zanglamaydigan po‗lat 
ishqor eritmasi ta‘sirida yaltiroqligini yo‗qotadi. Yaltiroqlikni tiklash 
uchun yuvishdan so‗ng haftasiga bir-ikki marta apparat orqali avval 0,5% 
li nitrat kislota qo‗shilgan sovuq suv, so‗ngra kuchsiz ishqor eritmasi va 
suv o‗tkazish zarur. 
Agar namakob bilan sovitish seksiyasining kanallaridan namakob 
butunlay chiqarib tashlanmagan va plastinkalar, namakob o‗tadigan 
tomondan suv bilan yuvilmagan bo‗lsa, apparatni yuvayotganda uni isitish 
taqiqlanadi. Namakob issiqlik berish plastinkalarining zang bosishiga va 
tez ishdan chiqishiga olib keladi. Plastinkalar shamollashi hamda qurishi 
uchun tozalangan apparatni ish boshlanguncha ochiq qoldirish va 
plastinkalar orasida zazorlar qoldirish zarur. 
Qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatish.
1. Ko‗tarib turuvchi tortqilar tozalanadi va plastinkalar ravon 
sirpanishi uchun tortqilarga moy surtiladi. 
2. Vintlar rezbasi tozalanadi va moylanadi. 
3. Yupqa qilib konsistent moyi qoplangan latta bilan apparatning 
tayanchlari va cho‗yandan yasalgan boshqa qismlari artiladi. Shunday 
qilinsa, apparatning bo‗yalgan qismlari zanglamaydi. 
4. Zichlash qistirmalarining plastinkalarga mahkamlanishi tekshiriladi 
va zarur bo‗lsa, ular almashtiriladi. Qistirmalar plastinkalarga 78–BЦS 


95 
yelimi bilan yopishtiriladi. Yelim avval aralashtirib olinadi, keyin 
plastinkalar sirti qumqog‗oz bilan g‗adir-budur qilinadi va «galosha» 
benzini vositasida yog‗sizlantiriladi. Yopishtiriladigan qistirmalar sirti 
qumqog‗oz bilan ishlanib, erituvchi bilan yog‗sizlantiriladi va 10–15 min 
davomida quritiladi. Plastinka va qistirmalarning tayyorlab qo‗yilgan 
sirtiga bir tekis qilib yelim surkaladi va u 10 min davomida quritiladi
so‗ngra esa ikkinchi marta yelim surkaladi. Keyin surtilgan yelim qatlami 
sal-pal yopishadigan holatga kelguncha 1–3 min quritilishi kerak. Quritish 
vaqti yelim qatlamining qalinligiga bog‗liq. So‗ngra qistirmalar novlarga 
joylashtiriladi va ustidan rolik yurgizib yopishtiriladi. Yopishtirilgan 
plastinkalar xona haroratsida 24 soat davomida tutib turiladi. Plastinkalar 
15–20 
0
C haroratda yopishtiriladi va tutib turiladi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin