O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OZIQ-OVQAT SANOATI MASHINA VA
JIHOZLARI
fanidan amaliy mashg‗ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMALAR
«5320300 –Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati)»
yo‗nalishi talabalari uchun mo‗ljallangan
Toshkent –2019
2
Tuzuvchilar: Safarov J.E., Sultanova
Sh.A. va Ergasheva Z.Q.
«Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari» fanidan amaliy mashg‗ulotlarini
bajarish uchun uslubiy ko‗rsatma. Toshkent: ToshDTU – 2019: 104 b.
Ko‗rsatma 5320300 - «Texnologik mashinalar va jihozlar» (oziq-
ovqat sanoati) bakalavriat ta‘lim yo‗nalishi talabalari uchun mo‗ljallangan.
―Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari‖ fanining vazifasi oziq-ovqat
sanoatida qo‗llaniladigan mashinalar va jihozlarning tuzilishi, turlari,
ularni
hisoblash, texnologik tizimdagi o‗rni haqida to‗liq ma‘lumot
berishdan iborat.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy-
uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi.
Taqrizchilar:
Choriyev A.J. - Toshkent kimyo texnologiya instituti «Oziq-ovqat
xavfsizligi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Nazarov K.K.- Toshkent davlat texnika universiteti «Muhandislik
texnologiyalari» fakulteti, ‖Biotexnologiya‖ kafedrasi dotsenti,
biologiya
fanlari nomzodi.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2019
3
KIRISH
Mustaqil O‗zbekiston o‗z xalqi tanlagan yo‗ldan ochiq erkin bozor
munosabatlari yo‗lidan, adolatli jamiyat qurish, bosqichma-bosqich kuchli
demokratik huquqiy davlat qurish yo‗lidan bormoqda.
Davlatimiz o‗z fuqarolarining ozod, erkin, baxtiyor,
farovon
yashashini ta‘minlashni, ularning moddiy va ma‘naviy hayot darajasini
oshirishni o‗z oldiga oliy maqsad qilib qo‗ygan.
Bu maqsadni amalga oshirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ilm-fan
va texnika taraqqiyotiga suyangan holda yo‗lga qo‗yishni va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishni talab etadi. Fan va texnika
taraqqiyotining
tezlashishiga
avvalambor
turli
jarayonlarni
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan
jihozlarni yaratishga kam material va metall sarflash orqali erishiladi.
Bu narsa birinchi navbatda kimyo
mashinasozligida ishlab
chiqarilayotgan uskunalar, texnologik tizimlar hamda ko‗p tonnali
kimyoviy mahsulotlar: kislotalar, ishqorlar, metanol, mineral o‗g‗itlar,
jumladan, karbamid va boshqa moddalar
ishlab chiqariladigan
avtomatlashtirilgan
tizimlarga
taalluqlidir.
Yangicha
kechadigan
texnologik jarayonlar uchun zamonaviy issiqlik va massa almashinuvi,
vakuumli reaktorlar ishlab chiqarishni ko‗paytirish lozim.
Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta‘minlanishini keskin yaxshilash hamda uning
uzluksizligiga imkoniyat yaratish
hozirgi kunning eng dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan yil bo‗yi ta‘minlab turish uchun xo‗jaliklarda qishloq xo‗jalik
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ishlariga alohida e‘tibor berish
lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‗paygani sari ularni
saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda,
yangi zamonaviy
texnika va texnologiyalar yaratilmoqda.
«Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari» fanida qayta ishlashni ilmiy
tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‗or tajribaga
tayanib ish ko‗rilsa, mahsulotning isrof bo‗lishi ancha kamayadi. Shu
4
hisobdan aholini 20% va undan ham ko‗proq qo‗shimcha qishloq xo‗jalik
mahsulotlari bilan ta‘minlash hamda qayta ishlash texnologiyasini
rivojlantirishda malakali mutaxassislar tayyorlash ham muhim ish
hisoblanadi. Shu sababli qishloq xo‗jalik institutlarida «Oziq-ovqat sanoati
mashina va jihozlari» fani o‗qitiladi.
«Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari» fanini o‗qitish ma‘ruza,
laboratoriya-amaliy mashg‗ulot turlari orqali amalga oshiriladi. Bunda
o‗qitishning
interfaol usullari, yangi pedagogik texnologiyalar,
o‗qitishning zamonaviy vositalaridan foydalaniladi.