MAVZU. O‘QITISHNING INTERFAOL USULLARI Reja: 1. 1. Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan interfaol usullar 2.Ijtimoiy psixologik trening
Foydalanilgan adabiyotlar ròyxati. Tayanch so‘zlar: o‘qitishning interfaol usullari, evristik suhbat, bahs usuli, aqliy hujum, davra stoli, ishbilarmonlik o‘yini usuli, ijtimoiy psixologik trening 1. Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan interfaol usullar Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining interaktiv usullari, talaba- yoshlar savodxonligi, ilm darajasini oshirish bilan birga, qobilyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yuksak malakali mutahasis bo‘lishlariga hamda ularda yetuk kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga ko‘maklashadi . Shuning uchun ular faol usullardir, shuning uchun ulardan maqsadli foydalanishlari mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qitish ishlarining yangi interfaol usullar deb nomlangan metodlari qo‘llanila boshlandi. Bu metodlar horijiy hamda MDH mamlakatlarining amalyotida qo‘llanilgan bo‘lib, ular respublika pedagogik olimlari tomonidan qayta ishlanib, mamlakatimiz o‘quv muassasalari sharoiyiga moslashtirib ta’lim tarbiya jarayoniga qo‘lanila boshlandi . Ushbu metotlar o‘qitishning samarasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular ta’lim oluvchilarda mantiqiy, ijodiy tanqidiy va mustaqil fikrlashni shakllantirishga, ilm oluvchini ta’lim obyektidan faol subyektga yo‘naltirishni, ularning ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishni, ishbilarmon, tadbirkor mutahasislarga kerakli kasbiy ma’lumotlarni singdirishga hizmat qilishni nazarda tutadi . Ular ko‘pincha dialog, munozara, o‘zaro yordam va hamkorlik ko‘rinishida qo‘llanib, bunda har bir o‘quvchi- talaba o‘z nuqtai nazarini asoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Pedagogik nashrlarda, - deb yozadi professor N.Saidaxmedov,- o‘qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o‘z o‘rnida ishlatilsa shubhasiz faoldir“. Ta’limning interaktiv metodlari o‘z o‘rnida qo‘llaniladigan faol metodlar tarkibiga kiradi. Chunki bu metodlar tabiat, jamiyat, inson tafakkuri taraqiyotining qonuniyatlariga tizimli – ijodiy yondashuv tamoyili asosida amal qilishini taminlaydi.
Tajribaning ko‘rsatishicha interaktiv medodlarda olib borilgan mashg‘ulotlar talabalarda:
-erkin va mustaqil fikrlashni ;
-talabalar jamoasida o‘zini erkin his qilishni;
-esda qolishni qat’iylashtirishni;
-bilim doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishni :
-ijtimoiy foydali faoliyatga aktiv qatnashiahni ;
-muomila madanyatini ijobiylashtirni ;
-og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishni;1 -o‘z fikrini erkin, ijodiy, mazmunli bayon etishni;
-o‘z kursdoshlari, ta’lim beruvchilar bilan hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashni yo‘lga qo‘yishni tarbiyalaydi.
Interaktiv o‘qitish metodlarini o‘z mazmun-mohiyati, didaktik vazifalarni amalga oshirishga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: