2. “Fikriy hujum” (mozgovaya ataka) usuli. Mashg‘ulotda talabalar faolligini ta’minlash, erkin fikr yuritish, ijodkorlikka intilishni yuzaga keltiradi. Muayyan mavzu bo‘yicha rangba-rang go‘yalarni to‘plash muammoni yechishning dastlabki bosqichidagi ayrim fikrlarni yengishga o‘rgatadi.
3. “Yangi fikriy hujum” usuli. 20, 40, 60 nafar talabalar bilan o‘tiladigan mashg‘ulotga qo‘llaniladi. Yangi go‘yalarning o‘rtacha talabalar tomonidan qo‘yilishi bilan farqlanadi. 5-6 nafar guruh talabalariga 15 daqiqada ham etiladigan topshiriq beriladi. Bu ijodiy topshiriq aytilgan vaqt ichida ijodiy hal etiladi. Bajarilgan topshiriq darajasiga qarab guruhlar baholanib boriladi.
4. “Fikrlarning shiddatli hujumi” usuli.Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan ushbu usul talabalarning fikrlashi, qobilyati va mulahaza yuritish imkoniyatini rivijlantirishga ko‘maklashadi. Ta’lim oluvchining guruh tomonidan ilgari surilgan fikrga qarashi o‘z g‘oyasini dalillash uchun qo‘llaniladi. Topshiriqlar yechimi bir necha bosqishda amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
5. “Namoyish” usuli. Mashg‘ulotga xaritalar, plakatlar, kartochkalar, magnitofon, televizor, lingafon kabi tasvirli materiallardan keng foydalanish mumkin. Bu bilimlarni ko‘nikma va makagaga aylantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda talaba eshitadi, ko‘radi, kerakli ma’lumotlarni yozib boradi.
6. “Kitob bilan ishlash” usuli. Talabalarning manbalarda mustaqil ishlashlari, berilgan topshiriqni matndan topishi, o‘z-ozini tekshirishi maqsadida qo‘llaniladi. Shuningdek, vazifani to‘liq va ongli o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
7. “Ma’ruza-suhbat” usuli. Sector malakaga ega bo‘lsa, fanni mukammal bilsa, masalani bayon etish jarayonida ayrim savollar bilan tinglovchilarga murojaat qilishi nazarda tutiladi. Unda talabalar eshitgamlarini chuqur mulohaza qiladilar va mulohazaga kirishadilar.
8. “Suhbat” usuli.Talaba o‘quv stollariga davra qurib o‘tiradilar, bir-birlariga yozma tarzda savollar beradilar. Mashg‘ulot diolog tarzda o‘tkaziladi. Suhbat individual yoki guhuh shaklida tashkil etilishi mumkin.