Mavzu. O‘qitishning interfaol usullari reja



Yüklə 117,89 Kb.
səhifə9/12
tarix21.12.2023
ölçüsü117,89 Kb.
#187826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
8-mavzu. O‘qitishning interfaol usullari tayanch so‘zlar

22. “Insert” usuli. Bu usul talabalar faolliyatini yuqori darajada bo‘lishini taminlash va ta’lim – o‘qish, o‘rganish jarayonida o‘z bilimini,aniqlab olingan malumotlarni bilimlar ularga taxlily yondashib olishlari, ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘lga qo‘yiladigan usul hisoblanadi. Ma’lumki, ko‘p hollarda o‘quvchi – talabalar mavzu matnini, avvalidan oxirigacha o‘qib gap nima haqida borayotganligini eslay olmasliklari mumkin . Chunki, ularning diqqati matn mazmuniga qaratilgan bo‘lib, yoritilayotgan masalalar mazmunini anglash va uni kuzatish nazarda tutilmagan bo‘ladi . Bu usulni qo‘llash talaballarni faollashtirilishi, ularning mantiqiy fikrlashlarini yo‘lga qo‘yish, anglab kuzatgan hodisalarni erkin aytib berishlarni taminlash, yozma va og‘zaki nutqlarining yanada rivojlanishi uchun imkon yaratish ishlari amalga oshiriladi.
23. “Qarorlar shajarasi” usuli. Ushbu usul qiyin va turlicha murakkablikga ega bo‘lgan fanlardan (murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, hamda yakuniy eng to‘g‘ri fikrni toppish maqsadini oqilona hal etishga yordam beruvchi usul hisoblanadi. Bu usul bir necha ta’lim oluvchilarning to‘g‘ri javoblarini jamlash va baholash imkonini beradi. Usul mashg‘ulot jarayonida bildirilgan fikrlardan oqilona qaror qabul qilish, javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri jihatlarini tahlil qilish orqali amalga oshadi. Mashg‘ulotning boshlang‘ich bosqichida mavzu mazmuni bo‘yicha biror muammo belgilab olinadi va o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi(har guruh 5-6 kishini tashkil qilishi muhim) muammo yuzasidan o‘z javoblarini ya’ni fikrlarini bildiradilar va muayyan qarorga keladilar. Bu quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Mashg‘ulotda o‘quv-biluv faoliyati quyidagicha bo‘ladi:
1.Mavzu bo‘yicha muammo belgilanadi.
2.Talabalar guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi.
3.Vaqt belgilab olinadi.
4.Guruhlarning javoblari guruhda muhokama qilinadi.
5.Vaqt tugagach har bir kichik guruh sardori o‘z guruhining savoli bo‘yicha qarorini e’lon qiladi.
6.Javob(fikr)lar muhokama qilinib, yagona qaror qabul qilinadi.
Xulosa qilib aytganda oliy o‘quv yurtlarida o‘quv fanlarini, ayniqsa, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘rganishda yig‘ish, ma’lumotlarni tarqatish olib boriladi hamda o‘tmishdagi buyuk pedagoglar siymosi teatrlashtirilgan holda namoyish etiladi.

Yüklə 117,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin