Mavzu. O‘qitishning interfaol usullari reja



Yüklə 117,89 Kb.
səhifə2/12
tarix21.12.2023
ölçüsü117,89 Kb.
#187826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
8-mavzu. O‘qitishning interfaol usullari tayanch so‘zlar

1. “Aqliy hujum” usuli. Mavzu bo‘yicha keng va har tomonlama fikr yuritish, muammoni mustaqil tushunish va muammoni yechishda talabalar motivatsiyasini uygo‘tishga o‘rgatadi. Ilm oluvchilarni o‘z bilimi va ijodiy tafakkuriga tayanib ish yuritishga undaydi.
Aqliy hujum – bu:
– muammoni yechishning novatorlik metodi;
– qisqa vaqt ichida juda ko‘p fikrlar;
fikrlashda erkinlik, o‘z xatti-harakatidan mamnun bo‘lish (qanchalik kutilmagan fikr bo‘lsa shuncha yaxshi);
– tanqidning mavjud emasligi (fikrni har qanday baholash keyinga qoldiriladi);
– bu o‘zining va boshqalarning fikrini rivojlantirish, uyg‘un-lashtirish va o‘zgartirish.
Ushbu metod quyidagi ketma-ketlikni qamrab oladi:
1) mavzu tanlanadi;
2) mavzuning asosiy tavsifi yoki qismlarining ro‘yxati tuziladi; 3) har bir tavsif yoki uning qismini bajarishning barcha imkoniyatlari sanab o‘tiladi; 4) ob’ektning barcha qismlarini bajarish bo‘yicha eng qiziqarli variantlar tanlab olinadi.
1. Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish:
O‘quv guruhi tinglovchilari ichidan takliflarni ishlab chiquvchi kichik guruh shakllantiriladi (qoidaga ko‘ra 5-10 kishi) va ular tomonidan ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilish va eng yaxshi-larini tanlab olish uchun o‘quv guruhining qolgan tinglovchilaridan ekspertlar guruhi tashkil etiladi (taklif ishlab chiquvchilarning o‘zi takliflarni ishlab chiqqanidan so‘ng ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin).
Mashg‘ulotdan bir -ikki kun oldin ishtirokchilarni mavzu va vazifa mazmuni bilan qisqacha tanishtiradi (bu kimdir mashg‘ulotga tayyor fikrlar bilan kelishiga sharoit yaratadi).
Fikrlarni yozish va ro‘yxatini namoyish qilish uchun barcha zaruriy narsalarni tayyorlab qo‘yish talab etiladi. Masalan,
doska va mel;
– varaq va ruchkalar;
turli rangdagi stikerlar;
– proektorga ulangan noutbuk.
2. Kirish:

Barcha fikrlarni qayd etish uchun bir yoki ikki tinglovchini belgilab olish.


Birinchi bosqich (takliflar ishlab chiqish) davomiyligini belgilash.
Ishtirokchilar vaqt chegaralanganligini va ular tomonidan qis-qa vaqt ichida iloji boricha ko‘proq fikrlar bildirilishi lozimli-gini bilishlari shart. Bu ularni bor imkoniyati doirasida harakat qilishga majbur etadi.
Shu bilan birga , vazifa ham qo‘yilishi kerak. Aqliy hujum oqi-batida qanday aniq natijalarga erishish lozim? Vazifani shunday yozish kerakki, natijada u har doim ko‘rinib tursin.
Ishtirokchilar qanday muammoni yechishlari lozimligini aniq tasavvur qilishlari shart. Aqliy hujumda fikrlar tartibsiz bo‘lishi mumkin, biroq vazifalar tartibsizligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Asosiy qism:
«Aqliy hujum»ning birinchi bosqichida guruhga muhokama uchun muayyan muammo beriladi, ishtirokchilar muammo yechimi yuzasidan navbatma-navbat qisqa va aniq shaklda har qanday takliflarini bildirishadi, o‘qituvchi barcha takliflarni (ularni amalda qo‘l-lashga yaroqliligini tanqid qilmagan holda) yozib boradi (doskaga, plakatga).
«Aqliy hujum»ning ikkinchi bosqichida muammo yechimi yuzasi-dan bildirilgan takliflar muhokama qilinadi. Guruh bildirilgan takliflar ichidan xohlagan birini amalda qo‘llash imkoniyatini topishi yoki uni takomillashtirish yo‘lini belgilashi kerak. Mazkur bosqichda diskussiyaning turli shakllaridan foydalanish mumkin.
«Aqliy hujum»ning uchinchi bosqichida guruh oldindan keli-shilgan prinsipga ko‘ra natijalarni e’lon qiladi:
– eng yaxshi yechim,
– bir muncha nisbatan yaxshi takliflar;
– eng noodatiy yechim va hokazo.
O‘qituvchi bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi. «Aqliy hujum»ni amalga oshirish uchun ishtirokchilarni bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin:
– takliflarni ishlab chiquvchilar (ular muammoni yechishga yo‘naltirilgan turli fikrlarni bildirishadi);
– tanqidchilar (ular bildirilgan takliflardan salbiy jihat-larni topishga harakat qilishadi);
– tahlilchilar (ishlab chiqilgan takliflarni (tanqidiy fikr-larni inobatga olgan holda) aniq real sharoitlar bilan bog‘laydi-lar) va boshqalar.
Muammoning yechimi yoki uning muhokamasi uchun 10-15 daqiqa vaqt chegarasini belgilash maqsadga muvofiq.
«Aqliy hujum»ni boshqarib boruvchi o‘qituvchi:
– shovqin-suron bo‘lmasligi uchun takliflarni ishlab chiquvchi-larga navbatma-navbat so‘z beradi. Aqliy hujum ishtirokchilari o‘z fiklarini bildirishlari uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishlarini nazorat qiladi;
– hushmuomalalik, lekin qat’iyat bilan taklif ishlab chiquvchi tinglovchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar boshqa tinglovchilar tomonidan tanqid qilinishiga barham beradi.
Fikrni o‘ldiruvchi (idea killers) odatiy gaplar va ularga qanday javob berish kerak:
– Bundan hech narsa chiqmaydi. — «Albatta, bu fikr shakllanti-rilmasa, undan hech narsa chiqmaydi».
– Bu haddan tashqari. — «Nima qilibdi?».
– Buning nimasi o‘ziga xos? — «Buning o‘ziga xosligi bu tak-lifni ilgari hech kim bildirmaganligida».
– Buni xohlagan odam o‘ylab topishi mumkin. — «To‘g‘ri!» va hokazo.

Yüklə 117,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin