Mavzu. O‘qitishning interfaol usullari reja



Yüklə 117,89 Kb.
səhifə5/12
tarix21.12.2023
ölçüsü117,89 Kb.
#187826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
8-mavzu. O‘qitishning interfaol usullari tayanch so‘zlar

12. “Munozara” usuli . Bu usul o‘quvchi – talabalarning o‘z fikrlari nuqtai- nazarlari, g‘oyalarini asoslash, o‘zaro fikr almashish,bahs ishtirokini ta’minlash,maqsadida tashkil etilib va u pedagogik turkum fanlarning seminar mashg‘ulotlarini tashkil etadi. Buning uchun avvalo, pedagogning o‘zi munozara to‘g‘risida muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lishi kerak, chunki bu usul yordamida muammoli mavzu o‘tiladi. Dastlab munozaraga kirishuvchilarga munozaraning maqsadi tushuntiriladi, ular mavzudan chetga chiqib ketmasliklarini nazorat qilib turadi. Bunda har bir talaba tomonidan aytilgan fikr doskaga yozib boriladi va munozara oxirida qo‘yilgan savollarga berilgan javoblar taxlil qilinib, yagona, to‘g‘ri xulosaga keladilar.
Munozaraga barcha o‘quvchilar jalb qilinishi har bir topshiriq bo‘yicha barchani tinglash yo‘lga qo‘yilishi lozim. Zero, munozara- faol, qiziqarli qizg‘in bahs, ehtirosli suhbat asosida o‘tishi kerak.Buning uchun mavzu va unga doir topshiriqlar savol tarzida ishtirokchilarga oldindan e’lon qilinishi va ishtirokchilarning puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Talabalarning mavzu bo‘yicha o‘z bilimlarini va g‘oyalarini erkin namoyish etilishi uchun imkon yaratilishi lozim. Boshqaruvchi munozarani to‘g‘ri borishini kuzatib boorish, mavzudan chetga chiqiladigan bo‘lsa uni darxol o‘z yo‘nalishiga solib qo‘yishi talab qilinadi.
13.Matbuot (konfrensiya ) usul. Talabaning ilmiy amaliy ma’ruzalari, reforat ishlari, seminar yoki amaliy mashg‘ulotlarda o‘tkazilgan mavzularni muhokama qilish uchun o‘tkazilgan usul hisoblaniladi. Mashg‘ulotda ilmiy amaliy tatqiqotning borishi amalda qo‘lanilgan natija amaliy ish mashqlari analiz –sintez qilinadi. Xulosalar chiqarilib, yangi ishlar rejalashtiriladi.
14. “Tanqidiy fikrlar” usuli. Bu usul amerikalik psixolog va pedagog Dgion Dyuning “ Insoning sharoitlar va temperamentga nisbatan tanqidiy fikrlashigina shaxs istagi va qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘lga sola oladi “ aqidasiga rioya qilib, talim oluvchining o‘z bilimi, jismoniy, ruhiy tayyorgarlik darajasini tanqidiy o‘lchovlar, fikrlar orqali yechish, bahs-munozaraga to‘g‘ri ishtirok etish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida qo‘laniladi. Bu usul o‘quvchi- talabalarga o‘zgalar fikrini tinglash, o‘z fikrlarini taqqoslash, muloqot olib boorish, yechimlarni to‘g‘ri topishga to‘l ochib beradi va ularda analitik fikrlash, to‘g‘ri hukm chiqarish qobilyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu usul yordamida talabalar o‘z fiklarini erkin bayon etib, fikrlarni oydinlashtish, ilmiy – amaliy asoslash, o‘zgalar fikrlarini o‘rganish, o‘z fikrining tahlili asosida to‘g‘ri xulosa chiqarish va aniq natija,qaror qabul qilishni o‘rganadilar.
“Mantiqiy fikrlash “ uch bosqichda–davat, mazmuni anglash, fikrlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Mantiqiy bosqichda yangi mavzuga oid tushunchalar, oldin o‘rganilgan ma’lumotlarga tayangan xolda aniqlanadi. Aniqlik bosqichida bilaman, bilmoqchiman,qonuniga asoslanib bilimlar, fikrlar taqoslaniladi . Fikrlash bosqichida yangi o‘rganilgan bilimlar, tanqidiy fiklar yordamida g‘oyalar, axborotlar mustahkamlanadi, to‘ldiriladi. Bunda talabalarga matn bilan ishlash malaksi takomilashadi shahsiy sifatlar rivojlanadi.

Yüklə 117,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin