Mavzu. O‘qitishning interfaol usullari reja



Yüklə 117,89 Kb.
səhifə4/12
tarix21.12.2023
ölçüsü117,89 Kb.
#187826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
8-mavzu. O‘qitishning interfaol usullari tayanch so‘zlar

9. “6x6x6” usuli. Talabalar 6 kishidan iborat guruhlarni tashkil qiladilar. Berilgan topshiriq belgilangan vaqtda bajariladi, so‘ngra guruhlar qayta shakllantiriladi va bu guruhda oldingi guruhning bir ishtirokchisi qatnashadi va u yangi guruhga o‘z jamoadoshlarining javobini taqdim etadi va mu’lum muammo yechimi birgalikda muhokama qilinadi. Bunda:
-guruhlarning har bir a’zosini faol bo‘lishi ta’minlanadi;
-ilgari surilgan fikrni boshqalar tinglaydi va mulohaza yuritadi;
-guruhlarning fikrlari umumlashtiriladi va aniq bir xulosa qilinadi.
10. “Klaster” (tarmoqlar) usuli. Fikrlarning tarmoqlanishi nazarda tutilgan ushbu metod mavzuni chuqur o‘rganish, mavzuga oid tushuncha yoki aniq fikrni erkin, ochiq bayon qilishga ko‘maklashadi. Bunda har bir talaba mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrni ketma-ketlikda, mantiqiy bog‘langan tarzda tarmoqlanishiga yordam beradi. Mavzuni chuqur o‘rganish, fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun bu usul qulay hisoblanadi.
11. “Pinbord” usuli (inglizcha, pin - muhtahkamlash, board – doska ma’nosini anglatadi). Bu usulda o‘quv mavzusi yoki o‘quv suhbati kabi o‘quv usullari yordamida bayon etiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, u rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi funksiyalarning bog‘lanishini ta’minlaydi. Bu usl yordamida talabalarda muloqotga kirishish, fikr yuritish, munozara olib boorish, o‘z nuqtai nazarini faqat og‘zaki emas, balki yozma bayon etish mas’uliyati shakllanadi. Tizimli-mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi va mustahkamlanadi.
PINBORDNING TEXNOLOGIK JADVALI

Ish bosqichlari

Pedagog

Talaba

1-bosqich tayyorlov

Mavzuni tanlaydi,maqsadini belgilaydi,faoliyat natija va baxolash mezoni tuzib chiqadi. qiziqtiruvchi (munozarali)savol va asosiy fikrlarni shaklantiradi

Tinglaydi, topshiriqlarni eshitadi va qabul qiladi

2- bosqich mavzuning ustida ishlash

Mavzu mazmunini loyihalaydi, o‘z mulohazalarni bildiradi va o‘quvchilardan mavzu yuzasidan fikr, mulohazalarni bayon etishni taklif etadi “pinbord” usulining mazmuni tushuntiradi. savollar beradi

Munozara jarayonida mavzu bo‘yicha mavzularni ishlab chiqadi

3- bosqich o‘z xulosalarini yozishma bayon etish

Kuzatadi

Munozara vaqtida shakllangan fikrlarni asosiy xulosa tarzida qog‘oz varaqiga yoki kartatekalarga yozib doskaga ilib qo‘yiladi

4-bosqich umumlashtirish

Maslahat beradi ko‘maklashadi majburiy tarzda emas erkin xolatda yordam beradi, yo‘naltiradi

Guruh talabalaridan 2-3 a’zo jamoa bilan kelishib,maslahatlashib ma’lumotlarni mavzu bo‘yicha tartiblaydilar,strelka chiziq beldilar yordamida ularning o‘zaro munosabatini bir butun yoki qarama-qarshi fikrlar bayon etiladi

5- bosqich yakunlash, taxlil qilish va natijani baxolash

Talabalar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga yakun yasaydi taxlil qilinadi va baholaniladi

o‘z-o‘ziga baho berish amalga oshiriladi




Yüklə 117,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin