8-mavzu. O‘qitishning interfaol usullari tayanch so‘zlar
24. “B.B.B.(Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.)” usuli. Mazkur usul pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasini fani bo‘yicha egallagan bilimlar darajasini aniqlash imkonini beradi. Bunda o‘quvchilar guruh bo‘lib yoki jamoada ishlashlari mumkin. Buning uchun yozuv taxtasida uchta chizma aks ettiriladi. Masalan:
Taxminan bilaman
Bilishni xohlayman
Bilib oldim
1.
2.
3.
1.
2.
3.
1.
2.
3.
Usuldan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab talabalar didaktik o‘yin asosida guruhlarni tashkil etadilar. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha har bir guruh o‘zaro hamkorlikda “Taxminan nimani bilamiz” ustunini to‘ldiradilar. Bu ustunga butun jamoaning javoblari mavzu mazmuni bo‘yicha mantiqiy ketma-ketlikda jamlanadi. Masalan, “Umumiy pedagogika fanidan ta’lim mazmuni” mavzusi o‘rganilayotgan ta’lim mazmunini belgilovchi hujjatlar ta’lim mazmunini ijtimoiy ehtiyojlar davlatning o‘quv yurti oldiga qo‘yilgan talablari orqali belgilanadi, ularni o‘quv reja, o‘quv dasturi va o‘quv qo‘llanmalariga oid tushunchalar, ma’lumotlar yoziladi, so‘ngra guruh a’zolari muayyan ketma-ketlikda mavzu bo‘yicha o‘zi qiziqtirgan savollarni’ ehtiyojlarini “Bilishni xohlayman” ustuniga yozib chiqadilar. So‘ngra talabalarga mavzu yuzasidan ma’ruza matni yoki qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Savollarga topilgan aniq javoblar uchun “Bilib oldim” ustuniga joylashtiriladi. Mobodo talabarni qiziqtirgan savollarga javob topilmay qolsa unga javob toppish uchun talabalarga qo‘shimcha aniq ma’lumotlar tvsiya etiladi, yoki o‘qituvchining o‘zi javobni to‘ldirishi ham mumkin.(Izoh:Bu usuldan foydalanishning tavsiloti to‘liq holda amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi, yani dars ishlanmasidan keltiriladi.)
Biz yuqorida mamlakatimiz pedagog olimlarining ilmiy-nazariy va amaliy xulosalariga tayanib, uzluksiz ta’lim tizimida, jumladan oliy ta’lim maktablarining ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan va qo‘llanilayotgan zamonaviy o‘qitish jarayonining interfaol usullarining ayrimlari xususida fikr yuritib, ularni oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan pedagogik turkum fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llash xususida fikr yuritildi. Mazkur interfaol usullarning tarmog‘i keng foydalanish mavqei chegarasiz. Biz tasniflab o‘tgan va oliy ta’limning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol metodlar haqida turli manbalardan ma’lumot olish mumkin. Ular talabalar faolligini oshirish, o‘quv tarbiya jarayonini jadallashtirish, mustaqil ijodiy fikrlashni o‘stirish bilan birga bo‘lajak tarbiyachi-o‘qituvchilarga yuksak kasbiy mahorat, ma’naviy-axloqiy salohiyat va ilmiy dunyoqarashning rivojlanishiga katta yordam beradi.