Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish. Tabiiy ofat, avariya va katastrofalar haqida umumiy ma’lumotlar


«Sariq»-tibbiy yordamga muhtoj, ammo ma’lum muddatgacha kutishi mumkin bo’lgan jaroxat olganlar: «Yashil»-



Yüklə 29,7 Kb.
səhifə3/5
tarix08.02.2023
ölçüsü29,7 Kb.
#83521
1   2   3   4   5
Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish. Tabi

«Sariq»-tibbiy yordamga muhtoj, ammo ma’lum muddatgacha kutishi mumkin bo’lgan jaroxat olganlar:
«Yashil»-jaroxat olganlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, lekin ular uzoq vaqtgacha kutishi mumkin bo’lganlar;
«Qora» - nafas olmayotganlar- o’lganlar.
Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yoki qog’oz hamda himoya vositalari - qo’lqop, maska, ko’zoynak va boshqalar bo’lishligi shart. Triaj(saralash) vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatilmaydi, faqat triajni qisqa fursatda o’tkazishtalab etiladi. Triaj o’tkazib bo’lingandan so’ng, ularga birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ketma-ketligi:
1-navbatda - nafas olmayotgan jaroxat olganlarga;
2-navbatda - ko’krak sohasi va nafas yo’llari shikastlanganlarga;
3-navbatda - ko’p qon yo’qotganlarga;
4-navbatda - shok xolatidagi yoki hushini yotganlarga;
5-navbatda - suyaklari ko’p singanlarga;
6-navbatda - yengil jaroxat olganlarga.
Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo’lishi mumkin:

  1. tabiiy ofat tufayli;

  2. inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo’yiladigan xatoliklar tufayli;

  3. ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi;

  4. transport, mexanizm, jixozlardan noto’g’ri foydalanganda;

  5. agressiv moddalar (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli mod-dalar)ning noto’g’ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilishi oqibatida;

  6. texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.

Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo’ladiki, oqibatda ko’pdan ko’p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo’q bo’lib ketadi. Ko’pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat. qog’oz ishlab chiqarish sanoati. go’sht-sut, oziq-ovqat. metallurgiya, qonchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bo’ladigan avariyalar: kimyo, ncftni qayta ishlovchi, qog’oz-selluloza. go’sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yo’llarda KTZMni tashishda ko’p uchraydi. KTZM ko’rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bo’lganda odamlarga, qishloq xo’jalik hayvonlariga, o’simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib. turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qo’llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va ol-tingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin. Ba’zi bir KTZMIaming fizik-kimyoviy va zaharli hususiyatlari 7-jadvalda keltirilgan. Shulardan sanoatda ko’p ishlatiladigani ammiak. Ammiak - nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli o’gitlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Ammiak suvda yaxshi eriydi.Uning yuqori konsen-tratsiyasi insonning markaziy asab sistemasini izdan chiqarib, asablarning falaj bo’lishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson zaharlansa. bir necha soatdan so’ng u o’limga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadau jaroxatlanish ro’y beradi.

Yüklə 29,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin