Ammiak ta’sirida zaharlanishda birinchi yordam: ochiq havo. 10 foizli mentolning xloroformdagi iliq eritmasini hidlash, issiq sodali sut ichish, agar ko’zga tushgan bo’ls, 0.5-1 foizli qo’sh tuzlarning eritmasi bilan, so’ngra suv bilan yuvish; teri shikastlanganda - toza suv bilan yuvish, 5 foizli sirka, limon yoki xlorid kislota shimdirilgan lattani qo’yish va boshqa omillar bajariladi.
Ammiakdan saqlanishda: «K» yoki «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqobi. agar ammiak vodorod sulfid bilan aralashgan bo’lsa, «KD» markali gazniqobi ishlatilib, juda yuqori konsentratsiyada izolatsiyalovchi gazniqoblar va himoya kiyimlari ishlatiladi.
Xlor - o’tkir hidli. sariq rangli gaz. U havodan 2,5 baravar og’ir bo’lib, 34°C haroratda suyuq xolatga o’tadi. U suvda, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Xlor qog’oz-selluloza, to’qimachilik sanoatida, xlorli ohak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Xlor bo’g’ish hususiyatiga ega. Uning havodagi miqdori 0,01 mg/1 bo’lganda inson organizimiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 0,1 mg/l dan yuqori bo’lganda o’limga olib keladi.
Birinchi yordam.Shikastlangan hududlarda gazniqoblarni kiyish kerak. Nafas organlari izdan chiqqanlar nashatir spirtini, ichimlik sodasini hidlashi, 2 foizli sodali eritma bilan ko’zni, burunni va tomoqlarni yuvishi, issiq borjomli yoki sodali sut, qahva ichishi kerak.
Himoyalanish. «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, GP-5 fuqarolar gazniqobi. bolalar gazniqobi va ularning himoya komplektidan foydalaniladi. Agar uning konsentratsiyasi yuqori bo’lsa (8.6 mg/l dan yuqori), izolatsiyalovchi gazniqoblar qo’llaniladi.
Oltingugurt oksidi - o’tkir hidli, rangsiz gaz bo’lib, yonmaydi. Bu modda oltingugurtli rudalarni yondirganda xosil bo’lib, u sulfat kislota ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Undan tashqari bu gaz to’qimachilik sanoatida oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida konservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka va sulfat kislotalarda, xloroformda va efirda yaxshi eriydi. Oltingugurt angidridi nafas yo’llarini ishdan chiqarib, ko’zni hiralashtiradi. Kichik konsentratsiyada inson kuchsiz yo’talish, tomoqda va ko’krakda og’riq, ko’zdan yosh oqish, katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari kuzatiladi.