Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

0 ‘zingizni sinang:
♦ Faqat ikki d avlat.......edi. 
♦ 1855-yilda ... .
♦ 1847-yilda ... . 
♦ 1830-yilda ... .
142


Savol va topshiriqlar
1. Afrika q it’asi xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqxyotda boshqa q it’a
xalqlaridan orqada qolib ketganligi sabablari haqidagi o ‘z
mulohazalaringizni daftaringxzga qayd eting.
2. Afrika qay tariqa mustamlakaga aylantirildi?
3. Afrika xalqlarining milliy-ozodlik harakatlari haqida nimalami bilib
oldingxz?
M u s t a q il ish
Afrika va Lotin Amerikasining mustamlakalarga aylantirilishi va 
ulaming milliy-ozodlik kurashi jarayonini taqqoslang.
VI BOB. IJTirVlOIY-SIYOSIY TA’LIMOTLAR
39-§. Yevropada XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda ijtimoiy-siyosiy ta’limotlar
Siz XVIII — XIX asrlarda G ‘arbiy Yevropa va Ame- 
rikada yuz bergan inqilobiy o ‘zgarishlar bilan tanishdingiz. 
Bir qator mamlakatlarida feodal tartiblarni bekor qilgan 
bu inqiloblar mehnatkashlarga haqiqiy erkinlik olib kelmadi. 
Yollanma ishchilar hayotining katta qismi ishlab chiqarishda 
yoki ish izlab o ‘tardi. Bolalar yosh paytidan bir xil, og‘ir 
mehnatga ko‘nikishardi. Mehnat sharoiti va uning xarakteri 
ishchilarning hayot tarzini va iste’molning darajasini belgilardi. 
Ular boshqa toifa vakillaridan axloqning qattiqligi, ba’zan esa 
qo ‘polligi bilan farqlanadi. Chunki sanoat ishchilarining 
mehnat sharoiti juda og‘ir edi. XIX asrning 70-yillarigacha 
ish kunining uzunligi Angliya va A Q SHda — 10 soat, 
G erm aniya va F ransiyada — 10—12 soat, Rossiya va 
Yaponiyada — 12—16 soatni tashkil qilardi. Ayollar va bolalar 
mehnatiga teng ish vaqti uchun kamroq haq to ‘lanardi. 
«Fabrika ayollari», asosan, 13—14 yoshli qizlar edi.
Parlamentlarning qator qarorlariga qaramasdan bolalar 
mehnatidan og‘ir ishlarda ham foydalanilar edi. 10—12 yoshli 
bolalar tamaki fabrikalaridan tortib toshko‘mir shaxtalarigacha 
mehnat qilishardi. Bolalar mehnati uchun ayollarnikidan ham 
kam haq olardilar. Ularning ko‘pchiligi bolaligidayoq sog‘- 
lig‘idan ayrilgan «fabrika bolalari» edi.
143


Jamiyatdagi bunday ahvol uning ilg‘or kishilarini adolatli 
jamiyat to ‘g‘risida yangi g‘oya va ta ’limotlarni yaratishga 
undadi. XIX asrda paydo b o ‘lgan shunday ta ’limotlarning 
asosiylari konservatizm, liberalizm va sotsializm nomlarini oldi.
Konservatizm.
XVIII asrdayoq paydo bo‘lgan konservatizm 
(lotincha conservatio — saqlab qolmoq, qo‘riqlamoq) mavjud 
siyosiy tartib — monarxiya boshqaruvini saqlab qolish za- 
rurligini asoslashga urinardi. Uning ko‘zga ko‘ringan arbobla- 
ri — ingliz Edmund Berk va fransuzlar Jozef de Mester hamda 
Lui de Bonald edi. Konservatizm buqua jamiyatidagi asl- 
zodalar mafkurasi edi. Konservatizm vakillari ham mavjud 
holatni o ‘zgarishlarsiz saqlab turish mumkin emasligini yaxshi 
tushunardilar.
Konservatorlar jamiyat taraqqiyotida yuz bergan o‘zga- 
rishlar natijasida individualizm, raqobat mavjudligini tan olish- 
ga majbur boMdilar. Ba’zi konservatorlar feodal aristokratiya 
hukmronligiga qarshi kurash jarayonida yuz bergan burjua 
o ‘zgarishlarini ham m a’qullashga tayyor edilar. Bundaylar 
neokonservatizm (yangi konservatizm) vakillari bo‘lib, ularning 
ko‘pchiligi awalgidek shaxsning davlatga bo‘ysunishi zarur- 
ligini tan olsalar-da, bu hoi endi ularga xususiy mulkni himoya 
qilish va hukum atning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga qisman 
aralashishi mumkinligini e’tirof etishlariga xalaqit bermagan.
Ammo, ularning fikricha, bu o‘zgarishlar jamiyatning asosi 
bo‘lgan an’analarga putur yetkazmasligi lozim edi. Konser- 
vatizmning xarakterli belgisi, eng awalo, an’analarni muqaddas 
deb bilishdir. Konservatorlar jamiyatidagi mavjud sinflar va
qatlamlar orasidagi qat’iy chegaralarning 
saqlanishi jamiyatda tinchlik va tartibni 
saqlashning zarur shartlaridan biri deb 
ishonadilar.
Liberalizm.
Liberalizm (lotincha li­
berum — ozodlikka mansub) — shaxs 
erkinligini va bu erkinlikni kam roq 
cheklaydigan davlat tuzilishini ilmiy 
asoslaydigan g‘oyaviy-siyosiy oqim. Li­
beralizm vakillari jamiyatda xususiy mulk 
shaxs erkinligining zaruriy sharti ekan- 
ligini; erkin bozor, erkin raqobat va erkin 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin