Javob: shakli oval, rangi to‟q kulrang bo‟ladi
606. Askaridoz bilan kasallangan odamda, askaridaning otalangan tuxumi qanday
o‟lchamda bo‟ladi?
Javob: otalangan tuxumlar kattaroq bo‟lib, uzunligi 80-90 mkm eni 45 mkm
607. Bolalar bog‟chasida bolalarda enteribioz kasalligi aniqlandi, ovogelmintoskopiya
tekshiruvida najasdan topilgan tuxumning shakli qanday bo‟ladi?
Javob: tuxumining shakli uzunchoq, bir tomoni biroz yassi bo‟ladi
608. Shifokorga murojat qilgan odamda trixosefalioz kasalligi aniqlandi, bunda
ovogelmintoskopiya usuli bilan najasdan topilgan tuxumining shakli va rangi qanday
bo‟ladi?
Javob: najasdan topilgan tuxumi bochkasimon shaklda, tilla sariq rangda bo‟ladi
609. Shifokorga murojat qilgan odamda ankilostomos kasalligi aniqlandi, bemorda
ovogelmintoskopiya usuli bilan aniqlangan tuxumning ichida nimalar ko‟rinadi?
Javob: aniqlangan tuxumning ichida 4-8 blastomeralar borligi ko‟rinadi
610. Shifokorga murojat qilgan odamda vuhererioz kasalligi aniqlandi, kasallik
qanday aniqlanadi?
Javob: vuhereriozda kechasi olingan pereferik qon surtmasi tekshiriladi
611. Mikroskopda tayyor preparat ko‟rilganda bo‟g‟imoyoqlilarning oyoq o‟simtalari
tananing qayerida joylashganligini ko‟rsating?
Javob: oyoq o‟simtalari tanasining har xil sigmentlarida joylashgan
612. Tibbiy biologik nazariy bilimlariga asoslanib bog‟imoyoqlilar tipining xarakterli
belgilarini ko‟rsating?
Javob: tana xitin qoplam bilan qoplangan, bog‟imli oyoqlari mavjud, aralash tana
boshlig‟iga ega, kondalang tana mushaklari rivojlangan
613. Tibbiyot biologiyasidan olgan nazariy bilimlarga asoslanib bo‟g‟imoyoqlilarning
kenja tiplarini ko‟rsating?
Javob: trilobitsimonlar, jabra bilan nafas oluvchilar, xelitserallar va traxeya bilan
nafas oluvchilar
614. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qisqichbaqasimonlar sinfining vakillari
rivojlanish darajasiga qarab qanday qisqichbaqasimonlarga bo‟linadi?
Javob: tuban qisqichbaqasimonlar va yuksak qisqichbaqasimonlar bo‟linadi
615. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib o‟rgimchaksimonlar sinifiga kiruvchi
hayvonlarning xarakterli belgilarini toping?
Javob: tanasi bosh-ko‟krak va qorin bo‟limlarga ajralgan, 6juft bo‟g‟imli oyoqlari bor
616. Mikroskopda ko‟rib kanalarning pedipalpalari nimalarni hosil qilishini
tushuntiring?
Javob: mikroskopda ko‟rilganda kanalarda pedipalpalarining asosiy bo‟g‟imlari
qo‟shilib so‟ruvchi nay-gipostomni hosil qiladi
617. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib kanalarning qaysi kenja turkumlari
ahamyatli ekanligini ko‟rsating?
Javob: akariform va parazitaform kenja turkumlari ahamiyatli
618. Mikroskopda iksod kanasi preparati ko‟rilganda qanday belgilarni ko‟rish
mumkin?
Javob: o‟lchami 4-5mm yetadi, erkaklarni orqa tomonida xitin qalqoni mavjud,
urg‟ochilarida, lichinkalarida va nimfalarida xitin qalqon faqat oldingi tomonida
joylashgan
619. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib urg‟ochi iksod kanasiga xos xususiyatlarni
ko‟rsating?
Javob: faqat bir marta uzoq vaqt qon so‟radi, qonga to‟ygan urg‟ochi kana 1 marta,
17000 tagacha tuxum qo‟yadi
620. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib iksod kanasining xavfli tomonini
ko‟rsating?
Javob: tayga, ensefaliti, tularemiya, gemorogik istma kasallik qo‟zg‟atuvchilarning
tashuvchisi sifatida xavfli
621. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib kanalar nimaga sabab bo‟lishini ko‟rsating?
Javob: kanalar ektoparazitlar bo‟lib organizmda yallig‟lanish va allergik
reaksiyalarga sabab bo‟ladi
622. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib it kanasi rivojlanish siklini qancha davom
etishini ko‟rsating va u qaysi organizmlarda parazitli qiladi?
Javob: 7 yilgacha davom etadi, yovvoyi, uy hayvonlari hamda odamda parazitli qiladi
623. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib tayga kanasining tibbiy ahamiyatini
ko‟rsating?
Javob: tayga ensefaliti qo‟zg‟atuvchilarning tashuvchisi va tabiiy rezervuarlari
hisoblanadi
624. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib tayga kanasi necha xo‟jayinli kana
ekanligini va rivojlanishida lichinka, limfa va imagosi qaysi hayvon qoni bilan
ozuqalanishini ko‟rsating?
Javob: 3 ho‟jayinli kana, lichinkasi kemiruvchilar qoni bilan, nimfasi quyon,
olmaxon qoni bilan, imagosi esa los va bug‟u qoni bilan ozuqalanadi
625. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib dermosentor pictus kanasining tibbiy
ahamiyatini ko‟rsating va ular qayerlarda tarqalgan?
Javob: dermosentor pictus tuleremiya kasallik qo‟zg‟atuvchilarning tashuvchisi
hisoblanadi va ular o‟rmonlarda keng tarqalgan
626. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib argas kanalari qayerlarda keng tarqalgani va
yashash joyini ko‟rsatin?
Javob: issiq iqimli mamlakatlarda keng tarqalgan, kemiruvchi hayvonlar uylarida,
g‟orlarda, eski uylarda yashaydi
627. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib argas kanalar qancha yashashini va
urg‟ochisi nechi martda tuxum qo‟yishini ko‟rsating?
Javob: 25-28 yilgacha hayoti davom etadi, urg‟ochisi bir necha martda tuxum
qo‟yadi
628. Mikroskopda kanalar preparati ko‟rib argas va iksod kanalarining farqini
ko‟rsating?
Javob: og‟iz aparati argas kanasida qorin sohasida joylashadi, iksodda oldinga turtib
chiqqan, argasda kanasida qalqon bo‟lmaydi iksod kanalarida bo‟ladi
629. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qishloq kanasining qanday parazit
ekanligini, odamga qachon xujum qilishini va qancha och yura olishini ko‟rsating?
Javob: ektoparazit, odamga ko‟pincha kechasi xujum qiladi, uzoq vaq 10 yildan ortiq
oziqlanmasdan kasallik yuqtirishni saqlaydi
630. Mikroskopda akariform kanasini ko‟rganda unga xos qanday belgilarni ko‟rsa
bo‟ladi?
Javob: tanasi bog‟imlarga ajralmagan, oval shaklga ega, o‟lchami juda kichik-
mikroskopik
631. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qichima kanasining nomi va tibbiy
ahamiyatini ko‟rsating?
Javob: sarkoptes scabei, odamning ektoparaziti, qichima kasalligining
qo‟zg‟atuvchisi
632. Tibbiy biologik bilimlarga asoslanib qichima kanasining hayot sikli qanchagacha
davom etishini, qancha tuxum qo‟yishini ko‟rsating?
Javob: 50 kungacha yashaydi, hayoti davomida 40-50 tagacha tuxum qo‟yadi
633. Paxta terimiga borogan talabalarning ko‟pchiligida qichima kasali aniqlandi,
uning sabablarini tushuntiring?
Javob: shaxsiy va jamoat profilaktikasi qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun
634. Paxta terimiga borogan talabalarda qichima kasalligi aniqlandi, bunda qanday
profilaktik choralarni amalga oshirib kasallikni tugatish mumkin?
Javob: sifatli shaxsiy va jamoat profilaktikasini amalga oshirish
635. Ba‟zan kasal qonini so‟rmagan kanalarda kasallik qo‟zg‟atuvchilarini aniqlanadi,
buni qanday tushuntirish mumkin?
Javob: kana kasal qo‟zg‟atuvchisining rezervuari bo‟lishi mumkin
636. Poliklinikaga murojat qilgan odam deyarli bir kunda yuzida shish paydo bo‟lishi,
tana haroratining ko‟tarilishi, mushaklarida qattiq og‟riq alomatlari bilan murojat
qildi, shifokor qanday parazitar kasallik haqida gumon qilishi mumkin?
Javob: trixinelyoz
637. Poliklinikaga murojat qilgan odam deyarli bir kunda yuzida shish paydo bo‟lishi,
tana haroratining ko‟tarilishi, mushaklarida qattiq og‟riq alomatlari bilan murojat
qildi, bunda shifokor qanday usullar bilan parazitar kasallik bor ekanligini tasdiqlash
mumkin?
Dostları ilə paylaş: |