Ko’ks oralig’i kasalliklari anatomik-fiziologik ma’lumotlar



Yüklə 32 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü32 Kb.
#115224
2 5406880409914978470


KO’KS ORALIG’I KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Ko’ks oralig’i – ko’krak bo’shlig’ining orqa tomondan umurtqa pog’onasi,
oldingi tomondan ko’krak, yon tomonlardan mediastinal plevra va pastdan
diafragma bilan chegaralanib turadigan qismi bo’lib, ko’ks oralig’i yuqorida
aniq chegaralarsiz bo’yin sohasiga o’tadi.
Ko’ks oralig’i shartli ravishda yuqori va pastki qismlarga bo’linadi, uning
sathi IV ko’krak umurtqasidan o’tadi. Traxeya yuqori ko’ks oralig’ini shartli
ravishda oldingi va orqa ko’ks oralig’iga bo’ladi, yurak xaltasi esa pastki va
oldingi, o’rta va orqa ko’ks oralig’iga bo’ladi. Ko’ks oralig’i topografik-
anatomik bog’liq a’zolar va to’qimalarning yig’indisi hisoblanadi. Yuqori ko’ks
oralig’ida traxeya, qizilo’ngach, ayrisimon bez, aorta ravog’i, elka-bosh
venalari, ko’krak limfatik yo’li joylashgan bo’ladi.
Pastki ko’ks oralig’ining oldingi va o’rta qismlarida yurak va perikard
joylashgan bo’lib, o’rta qismining yuqori uchdan birida esa traxeya
bifurkatsiyasi, o’pka arteriyasi, aortaning yuqoriga ko’taruvchi qismi joylashadi.
Nihoyat, pastki orqa oralig’ida aortaning pastga tushuvchi qismi, qizilo’ngach,
ko’krak limfa yo’li, simpatik va parasimpatik nervlar o’tadi.
Tekshirish usullari
Ko’ks oralig’ida joylashgan a’zolarni tekshirishning asosiy usullari har
tomonlama rentgenologik tekshirishdir (rentgenoskopiya, polipozitsion
rentgenografiya, komp’yuter tomografiya).
Komp’yuter tomografiya – zamonaviy, batafsil ma’lumot beruvchi
tekshiruv usuli hisoblanib, ko’krak qafasidan kerakli har qanday darajada
ko’ndalang kesma olishga va unda joylashgan barcha a’zolar haqida batafsil
ma’lumot olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, ko’ks oralig’ining aniq diagnostikasi uchun quyidagi
usullar qo’llanilishi mumkin.
Pnevmomediastikografiya – ko’ks oralig’iga gaz kiritilgandan keyin amalga
oshiriladigan rentgenologik tekshiruv. Ko’ks oralig’i o’smalarining
chegaralarini aniqlashga yordam beradi.
Sun’iy pnevmotoraks – plevral bo’shliqqa gaz yuborish bilan bog’liq
tekshirish usuli bo’lib, o’pkaning o’smasini ko’ks oralig’idagi o’smalar va
kistalardan tafovut qilish imkonini beradi.
Angiografiya – yurak va yirik qon tomirlarga kateter yordamida
rentgenkontrast moddalar yuborib rentgen tasvirlarni olib tahlil qiluvchi
tekshirishdan iborat.
Biopsiya olish va diagnozni uzil-kesil aniqlash uchun: bronxlar orqali
punktsiya, torakoskopiya, transtorakal aspiratsion biopsiya, mediastinoskopiya
yoki periarterial mediastinotomiya qilinib material olinadi va undan preparat
tayyorlanib, mikroskop yoki elektron mikroskop yordamida tekshiriladi.
Ko’ks oralig’i jarohatlari
Ko’ks oralig’ining ochiq va yopiq jarohatlari farq qilinadi. Ularni yana
a’zolar jarohatlanmagan yaralanishlar, oldingi ko’ks oralig’i jarohatlangan
yaralanishlarga bo’lish mumkin. Klinik manzarasi qaysi a’zoning qay darajada
jarohatlanganiga, hamda qon oqish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Yopiq jarohatlar ko’pincha ko’ks oralig’i yirik qon tomirlarining
jarohatlanishi oqibatida ichga qon ketish, gematoma shakllanishi kabi patologik
jarayonlar bilan o’tadi. O’pka va bronxlar jarohatlanganda ko’ks oralig’i
emfizemasi rivojlanadi. Ko’ks oralig’i gematomasi va emfizemasi nafas qisishi,
tsianoz, venalarning bo’rtib chiqishi bilan namoyon bo’ladi. Odatda bu holda,
rentgenogrammada ko’ks oralig’ining kengayganligini, gematoma paydo
bo’lganida rentgentasvirda qorong’ilashgan soya chegaralarini va emfizemada
esa aksariyat yorug’ tortganligi aniqlanadi.
Davolash: yallig’lanishga qarshi muolaja o’tkazish, xayotiy muhim a’zolar
ishini bir meyorga solishga qaratilgan bo’ladi. Operatsiya qilish uchun
ko’rsatma bo’lib, a’zolar, yirik qon tomirlarning yorilib ulardan profuz qon
ketishi, ko’ks oralig’i a’zolarining ezilishi, ular faoliyatining keskin pasayib
ketishi kabi holatlar hisoblanadi.
Ochiq jarohatlar. Klinik manzarasi jarohatlangan a’zo turiga, qon
ketishning hajmi yoki darajasiga bog’liq. Davolash – xirurgik yo’l bilan amalga
oshiriladigan operatsiya hajmi – jarohat turi va xarakteriga bog’liq.
Yallig’lanish kasalliklari
O’tkir mediastenit – ko’ks oralig’i kletchatkasining o’tkir yiringli
yallig’lanishi. Uning paydo bo’lishiga, aksariyat hollarda ko’ks oralig’ining
ochiq jarohatlari, o’tkir uchli yot jismlar vositasida teshilishi, kimyoviy
moddalar ta’sirida kuyishi, ba’zan esa asbob-uskunalari yordamida tekshirishda
jarohatlanishi yoki bo’yinning chuqur flegmonasining tarqalib ketishi sabab
bo’ladi.
Klinik manzarasi. O’tkir mediastenit umumiy va mahalliy simptomlarning
jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik haroratning birdaniga 39-40°S
darajagacha ko’tarilishi, gektik xarakterdagi isitma, et junjikishi, kuchli terlash
bilan boshlanadi. Shu holatda nafas qisishi, tsianoz, taxikardiya erta boshlanadi,
arterial qon bosimi pasayadi, og’ir intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi.
Bemorlar odatda ko’krak va bo’yin sohasidagi tortishadigan sanchiqli kuchli
og’riqlarga shikoyat qiladilar. Bo’yinni egish va to’g’rilashda, boshni yon
tomonlarga burishda, ko’krakni bosishda og’riq kuchayadi. Bemorlar majburiy
holatni egallaydilar (boshini oldinga qilib qaddini baland qo’yib yotadilar).
Qizilo’ngach, bronxlar teshilganda mediastinal, so’ngra esa teri osti emfizemasi
vujudga keladi. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, leykoformulaning chapga
siljishi, EChTning oshganligi ma’lum bo’ladi. Rentgenogrammalarda ko’ks
oralig’i ko’lankasining kengayganligi, ichi bo’sh a’zolar teshilganda esa, ko’ks
oralig’ida gaz borligi qayd etiladi.Davolash: Muolaja tadbirlarini o’tkazish bilan birga jarrohlik amaliyoti
(operatsiya) qo’llaniladi. Bundan maqsad infektsiya manbaini bartaraf etish,
ko’ks oralig’ini antiseptik eritmalar bilan doimiy yuvib turish uchun qo’sh
bo’shlig’li silikon naychalar bilan adekvat drenajlashdan iborat. Muolaja
tadbirlari bakteriologik tekshiruvlar tahlili va nazorati ostida antibakterial
muolaja, diurez stimulyatsiyasi bilan birga detoksikatsion infuzion muolaja,
hamda bemorning immunologik holatini quvvatlaydigan muolajalar
o’tkazishdan iborat.
Surunkali mediastenit o’tkir mediastenitning oqibati bo’lishi mumkin.
Unga sil, antipolipoz, zaxm sabab bo’lishi ehtimoli bor. Idiopatik sklerozlovchi
mediastenit ham farq qilinadi.
Kasallikning klinik manzarasi. Surunkali mediastenit uzoq vaqt mobaynida
belgisiz kechishi mumkin. Keyinroq esa, ko’krak qafasida og’riq, tana haroratini
subfebril ko’rsatkichlargacha ko’tarilishi, yo’tal, nafas olishda qiynalish va
uning qisishi, lanjlik, holsizlik, yutish jarayonida qiynalishlar, ko’krakda siqilish
sezgisining paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu simptomlar odatda sil (o’pka yoki
limfatik tugunlar sili), zaxm kabi spetsifik kasalliklaridagi bo’ladigan klinik
belgilar bilan o’tadi. Sklerozlovchi mediastenitda, kasallikning rivojlanishi
jarayonida asta-sekin yuqori kovak venaning ezilishi bilan bog’liq
simptomlarning paydo bo’lishi (yuz kerikishi, qo’lda shish, tsianoz paydo
bo’lishi), ko’krak teri osti venalarining g’oyat darajada kengayishi sodir bo’ladi.
Diagnozni tasdiqlash uchun qizilo’ngach va yuqori kovak venasiga kontrast
modda yuborib rentgenologik tekshirishdan foydalaniladi.
Davolash: spetsifik antibakterial preparatlar tayinlashdan iborat. Idiopatik
sklerozlaydigan mediastenitda nurlash, kortikosteroidlar qo’llash maqsadga
muvofiq bo’ladi. Hayotiy muhim a’zolar ezilganda, xirurgik usullarni tanlashga
to’g’ri keladi.
KO‘KS ORALIG‘INING YALLIG‘LANISHI VA LIMFA TUGUNLARINING NUR DIAGNOSTIKASI
O‘tkir mediastenit kasalligi to‘sh orqasidagi og‘riq, nafas qisishi, disfagiya va b.q. xarakterli belgilar bilan
kechadi. Bu xastalikda Romanov belgisi: to‘sh orqasi va ko‘krak orasida og‘riq kuzatiladi, u ayniqsa yutganda va
boshni orqaga egganda kuchayadi.
Rentgenologik tekshirganda o‘rta soyaning kengaygani va qirrasining to‘g‘rilangani aniqlanadi.
keyinchalik qirralari noaniq, bo‘rtib chiqqan, shakli bochkasimon bo‘ladi. Plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘iladi.
Yon tomondan olingan rentgenogrammada soyalanish to‘sh suyagi va yurak soyasi orqasidagi bo‘shliqda,
ko‘proq ko‘ks oralig‘ida aniqlanadi.
Surunkali mediastyenit asosan sil va zaxm kasalliklarida kuzatiladi. Bemorlarning yuz, bo‘yin qismida
shish, ko‘krakning old devorida vena tomirlari bo‘rtgan bo‘ladi.
Rentgenologik tekshirganda qizilo‘ngachning torayganligi, shakli o‘zgarganligi va devorning katta
masofada rigidlanganligi aniqlanadi.
Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin