Javobi: Statistika lotincha “status”


Tarkibiy siljishlar ta’sirini indeks tahlili. Tayanch iboralari: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli indeks, struktura siljish indeksi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə34/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Javobi Statistika lotincha “status”

113.Tarkibiy siljishlar ta’sirini indeks tahlili. Tayanch iboralari: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli indeks, struktura siljish indeksi.
JAVOBI:Indeks metodi o’rtacha ko’rsatkichlarning o’zgarishini o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Masalan, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan turdosh tovarlar uchun o’rtacha baho o’zgarishini o’rganmoqchi bo’lsak, joriy davrdagi o’rtacha bahoni o’tgan davrga bo’lamiz. Ma’lumki, o’rtachalarni o’zgarishiga faqat o’rtalashtirilayotgan belgini o’zgarishi emas, balki shu to’plam tarkibining o’zgarishi ham ta’sir qiladi. Demak, o’rtachaning o’zgarishiga ikki omil ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ta’sirini baholash uchun statistikada o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslari hisoblanadi.
114.Jadval turlari va ularni tuzish qoidalari. Tayanch iboralari: jadval maketi, jadval egasi, jadval kesimi, oddiy, guruh, kombinatsion jadval.
JAVOBI:Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo`llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo`linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion. Oddiy jadval deb o`rganilayotgan obyektlar va ularning ko`rsatkichlari birmabir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi. Jadvalning ega qismida o`rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bo`yicha gruppalash amalga oshirilgan bo`lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi. Gruppaviy jadval – o`rganilayotgan obyekt-larni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi. Kombinatsion jadval – ega qismida obyektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruh-lash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir. Statistik jadval ixcham va ko‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak : 1. Jadvallar hajmi katta bo‘lmasligi kerak. Murakkab to‘plamlarni o‘rganishda jadval hajmini kattalashtirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan jadvallar bo‘lish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o‘qishga oson ko‘rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. Unda o‘rganilayotgan obyektning nomi, ma’lumotlar tegishli vaqt oralig‘i hamda joyi ko‘rsatilishi lozim.
3.Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga o‘tib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
1Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo‘lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, ifodalash lozim. 2.Shartli alomatlarga e’tibor berish kerak. Zarur bo‘lganda ayrim ko‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo‘yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak. 3.Hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, jadvalda shu ko‘rsatkich o‘rniga “ma’lumot yo‘q” yoki nuqtalar (...) qo‘yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo‘lmagan bo‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o‘qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin