Javobi: Statistika lotincha “status”



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə36/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Javobi Statistika lotincha “status”

118Statistik grafiklarni yasash. Tayanch iboralari: masshtab, shkala (to‘g‘ri va egri chiziqli), me’yor, raqamli setka, kordinatalar tizimi, grafik maydoni, geometrik beliglar.
JAVOBI:Shkala tayanchi to`g`ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo`lishi mumkin. Shunga qarab shkalalar to`g`ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo`linadi. To`g`ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg`ich (lineyka) misol bo`la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Ko`p o`lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega.
Masshtab – ko`rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbat-larga aylantiruvchi shartli me`yordir. Shkala – shunday chiziqki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlarini anglatadi.
119CHiziqli va yassi diagrammalar. Tayanch iboralari: kordinati maydoni, raqamli setka, ordinata o‘qi, absissa o‘qi, ordinata cho‘qqilari.
JAVOBI:Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo`lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog`lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o`qqa (absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi. Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog`lanishini tasvirlaydi.
120Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada va uning qanday asosiy xususiyatlarini bilasiz?
JAVOBI:MHTda behisob miqdordagi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig’indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo`lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg’arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin