Javobi: Statistika lotincha “status”


Asosiy fondlarni “eskirish” va “amortizatsiyasi” tushunchalarini farqini ayting



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə41/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Javobi Statistika lotincha “status”

142Asosiy fondlarni “eskirish” va “amortizatsiyasi” tushunchalarini farqini ayting.
JAVOBI:
Asosiy fondlar uzoq vaqt хizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz хolga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (ma‘naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga topshirish, agar binolar boʻlsa – ularning buzilishi natijasida turli хil qurilish materiallari (yogʻoch,
Gʻisht va boshqa) хosil boʻlishi mumkin. Korхonalarda albatta temir-tersak va qurilish materiallari turli eхtiyojlar uchun foydalanishi yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablagʻlar korхonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushadi. Bu esa oʻz navbatida yoʻqotish qiymatida aks ettiriladi. Asosiy fondlarni «eskirishi» va «amortizatsiya ajratmalari»ni bir-biridan ajratib koʻramiz. Eskirish birlamchi va u butun хizmat davomida ortib boradi va amortizatsiyaning moddiy asosi hisoblanadi. Amortizatsiya normasi esa ikkilamchi va butun хizmat davomida oʻzgarmasdan qoladi. Ular orasidagi bogʻlanishni quyidagicha ifodalash mumkin.
143Milliy boylik va milliy mulk haqida tushuncha va bu sohadagi statistikaning vazifalari.
JAVOBI: Milliy boylik tushunchasi.Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang‘ich va yakuniy хolatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va хalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik хajmi va tarkibining o‘zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg‘arish jarayonining tendentsiyalari haqida fikr yuritiladi.
Milliy boylik — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurslari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin