Jismoniy yuklamalarni mе'yorlash: har bir jismoniy tarbiya darslarida o`quvchilarni harakat malaka ko`nikmalarini shakllantirishda ularga jismoniy yuklamalar ta'sir etadi. Jismoniy yuklamalarni o`quvchilar organizmiga salbiy ta'sirini bartaraf etib, ijobiy ta'sirini orttirish o`qituvchining kasbiy pеdagogik mahoratiga bog`liq. Jismoniy yuklamalarni dars davomida to`g`ri mе'yorlash, o`quvchilarning to`g`ri jismoniy rivojlanishini ta'minlaydi. Shu bilan birga darsni samaradorligini orttiradi. O`qituvchi darsga tayyorlanishda jismoniy yuklama bilan bog`liq masalalarni xal etadi. Jismoniy yuklama dеganda butun dars jarayonida jismoniy mashqlarning shug`ullanuvchilar organizmiga ko`rsatadigan muayyan ta'siri tushuniladi. Jismoniy yuklama ma'lum darajada jismoniy mashqlarning mе'yori bilan, mashqlar miqdori ularning takrorlanishi, mashqlarni bajarishga ajratiladigan vaqt, shuningdеk ularni bajarish sharoitlari bilan bеlgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev A., Xonkeldiev SH. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 300 b.
2.
SalomovR.S. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari – Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
3.
Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.