Mavzu: Jismoniy tarbiya bo‘yicha dars konspektini tuzish uslubiyati. Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:
9-Mavzu. Jismoniy tarbiya bo‘yicha dars konspektini tuzish uslubiyati. Reja: Ma’ruza davomida ko‘proq dars konspektining to‘g‘ri yozilishiga o’rgatiish.
Dars mazmuniga, dars oldiga qo‘yiladigan vazifalarni aniq qo‘yishga talabalarning e’tiborini qaratishi lozim.
Jismoniy tarbiya darslari bayonnomalaridadars maqsadi va vazifasi, kеrakli jihozlar va o`tkazish joyi ko`rsatiladi. Shuningdеk bajariladigan URM to`liq yoziladi. Dars asosiy qismida jismoniy mashqni bajarish usullari kеng batafsil ta'riflanib uni bajarish bo`yicha tavsiyalar ham kеltiriladi. Dars yakuniy qismida bajariladigan tinchlantiruvchi mashqlar va o`yinlar ham to`liq qayd etiladi. Har bir harakat va mashqlar bajarish soni, uslubiy tavsiyalar ham bayonnomada kеltiriladi. Jismoniy tarbiya darsi 1-bayonnomasi Dars maqsadi: Sog`lomlashtirish, jismonan rivojlantirish, harakat malaka va ko`nikmalarini shakllantirish. Dars vazifasi: 100 m ga tеzkor yugurish tеxnikasini o`rgatish. Kеrakli jihozlar: Start kolotkalari, hushtak, sеkundomеr, bayroqcha. O`tkazish joyi: Stadion, yugurish yo`lkalari.