3-Mavzu. Maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi. Ma’ruzani yoritishda umumiy o‘rta ta’lim maktab tizimida jismoniy tarbiya majburiy kurs ekanligi; Maktab o‘quv rejasi bo‘yicha jismoniy tarbiyaning umumiy kursi; Maktabda jismoniy tarbiya mashg‘ulotining dastur mazmuniga ko‘ra dars shakli; Maktab jismoniy tarbiya darslarinig tuzilishi, dastur materiallari va o‘quvchilarning yoshlik xususiyatlariga ko‘ra darslarining turlarini o‘rgatishdan tashqari, maktabda jismoniy tarbiya darslarining tuzilishi, dastur materiallari va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra darslarning turlarini va darslarda shug‘ullanuvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish uslublarini ko‘proq misollar orqali tushuntirish zarur.
2
4.
4-Mavzu. Jismoniy tarbiya darsi mashg‘ulotlarning asosiy shakli sifatida, uning tuzilishi.
Ma’ruzani talabalarga yoritib berishda jismoniy tarbiya darsi olib boriladigan mashg‘ulotlar orasida asosiysi ekanligini. Maktab o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasining vazifalari, mashg‘ulotlarning asosiy shakllari va ularning tuzilishi. Jismoniy tarbiyaning vositalari, darsni tashkil qilish usullarini o‘rgatish. Maktablarda jismoniy tarbiya darslarning tuzilishi va o‘tkazish uslubiyatini talabalarga yoritib berish zarur.
2
5.
5-Mavzu. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish shakllari.
Ma’ruzani yoritib berishda jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish, yuklamalarni me’yorlash qoidalari; O‘quv yilida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishni o‘rgatish; Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish usullarini misollar bilan tushuntirish lozim bo‘ladi.