Kirish. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari. Jismoniy mashqlar tasnifi



Yüklə 76,85 Kb.
səhifə1/4
tarix17.10.2023
ölçüsü76,85 Kb.
#156724
  1   2   3   4
Kurs ishi



Jismoniy tarbiya vositalari yordamida o`quvchilar jismoniy tayyorgarligini oshirish.
Reja:
Kirish.
1. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari.
2.Jismoniy mashqlar tasnifi.
3. O’quvchilarining jismoniy 
tarbiyasining asosiy shakllar .

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
O`rta maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligini jismoniy tarbiya shakillari orqali rivojlantirish uslubiyati.O`quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari Umumtalim maktablari o`quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiyaning shakllariga quyidagilar kiradi; mashg`ulotgacha gimnastika mashqlari, jismoniy mashq daqiqasi, tanafiuslar vaqtdagi o`yinlar, kuni uzaytirilgan vaqtlardagi sport soati, sayrlar. Maktabda darsdan avval o`tkaziladigan gimnastika har kuni birinchi dars oldidan o`tkaziladi. O`quvchilarga gimnastika qildirishdan maqsad bir tomondan, ularinig sog`lig`ini mustahkamlash bo`lsa, ikkinchi tomondan, o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishga erishishdir. Darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika o'quvchilaming diqqatini faoliyatga jalb etadi va ularni darsga tayyorlaydi. Darhaqiqat, maktabga bolalarning ba’zi birlari oldin kelsa, boshqalari gimnastikaning boshlanish paytiga yetib keladi. O’quvchilarning ba’zilari maktabga kelgunga qadar o’ynab, yugurishga ulgurgan bolsa, boshqalari kechikmaslik uchun shoshilib kelishadi, ayrimlari shoshilmasdan, lanj holatda keladilar, ya'ni dars boshlanishidan oldin hamma o’quvchilarning ham diqqati bir yerga to’planmagan boladi. Shuning uchun ularning diqqatini jamlash va aqliy mehnatga tayyorlash lozim. Ana shuning uchun ham mashg’ulotdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar bolalarni tinchlantiradi, ulardagi hayajonlanish holatini bosadi, tetiklashtiradi. Darsdan oldin bajariladigan gimnastikani har bir maktabda o’tkazish shart. Maktab ma’muriyati va jismoniy tarbiya o'qituvchilari bu tadbirni yaxshilab yo’lga qo’yish uchun o’qituvchilar jamoasi, o'quvchilar, ota-onalar bilan birgalikda tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerak. Agar pedagoglar yig’ilishida darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika jiddiyroq muhokama qilinsa, bu holda gimnastika maktab hayotiga tezroq singadi. Mashg’ulotgacha gimnastika o’tkazilishi maktab direktorining buyrug’i bilan e'lon qilinsa, yanada yaxshi bo’ladi, chunki bu holda o’quvchilarning intizomi yaxshilanib, bu muhim tadbirga butun jamoa safarbar qilinadi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi darsdan oldin gimnastika mashqlarini o’tkazish uchun eng yaxshi o’quvchilar va faollarni o’ziga yordamchi qilib tayyorlashi kerak. O’quvchilarga mashq majmualarini jismoniy tarbiya darslarida o’rgatish mumkin. Ular esa bu majmualarni uyda o’zlari mustaqil ravishda puxtalaydilar.


Yüklə 76,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin