4.Yuklamaning to'g'ri chiziq bo'ylab oshib boruvchi, bosqichma-bosqich oshib boruvchi, toʻlqinsimon shakllari. Aslida yuklamalarni asta-sekin oshira borish to‘g‘ri chiziqli, bosqichli yoki to‘lqinsimon bo‘lishi mumkin. Sport mashg‘uloti uchun ko‘proq to‘lqinsimon dinamika xarakterli hisoblanadi. Bunga sabab avvalo sportchi organizmining funksional va adaptatsion imkoniyatlariga qo‘yiladigan talablarning nihoyat darajada yuksakligidir.
To‘lqinsimon tebranishlar yuklamalarning hajmi dinamikasiga ham, intensivligi dinamikasiga ham xos, lekin hajm dinamikasi tebranishlari bilan intensivlik tebranishlari parametrlarining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos kelmaydi. O‘rtacha va ayniqsa, katta «to‘lqin»larda dastlab hajm ko‘rsatkichlari (bir hafta va bir oy ichidagi mashg‘ulot ishlarining umumiy miqdori) apogeyga etadi, keyin hajm stabillashadi va kamaya boradi, anashu fondda esa, intensivlikning har xil ko‘rsatkichlari (mashg‘ulotlarning xarakterli zichligi, harakatlarning tezkorlik va kuch-quvvat xarakteristikasi va boshqalar) eng yuqori qiymatga yetadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev A., Xonkeldiev SH. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 300 b.
2.
SalomovR.S. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari – Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
3.
Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.