Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Jismoniy mashqlarni bajarishda yuklama va dam olishning



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə52/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

Mavzu: Jismoniy mashqlarni bajarishda yuklama va dam olishning
o’zaro bogliqligi.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:

6-Mavzu. Jismoniy mashqlarni bajarishda yuklama va dam olishning
o’zaro bogliqligi.
Reja:

  1. Jismoniy yuklama. Yuklamani me’vorlash. Yuklamaning hajm va shiddati. Yuklama va dam olishni to’g’ri navbatlashuvi.

  2. Jismoniy tarbiya jarayonida yuklama samarasining miqdor va sifat jihatdan dam olish shart sharoitlarga bog’liqligi. Faol va sust dam olish.

  3. Charchash va qayta tiklanish jarayoni. Topshiriqlarni murakkablashtirish shartlari va yuklamani oshirish shakllari.

  4. Yuklamaning to'g'ri chiziq bo'ylab oshib boruvchi, bosqichma-bosqich oshib boruvchi, toʻlqinsimon shakllari.


1.Jismoniy yuklama. Yuklamani me’vorlash. Yuklamaning hajm va shiddati. Yuklama va dam olishni to’g’ri navbatlashuvi.
Har qanday jismoniy mashqni bajarish tanani ancha yuqori darajadagi funksional faollikka o‘tkazish bilan bog‘liq. Shunday qilib «mashg‘ulot yuklamasi» tananing qo‘shimcha faolligini anglatadi.
Tananing ortiqcha faolligi ma’lum miqdorda kuch sarfini talab etadi (bu kuchning kattaligi yuk kattaligiga bog‘liq, bu ma’lum bir vaqtdan keyin charchashga olib keladi va tiklanishga zarurat seziladi.
Mashg‘ulot yuklama kuch sarfi va charchashga olib kelish bilan birga tiklanish jarayonlarini qo‘llaydi, ular faqat to‘la tiklanish bilangina emas, balki ish qobiliyatini submaksimal va maksimal yuklamalarda to‘la tiklanishini (super kompensatsiya) ta’minlaydi.
Quyidagi yuklamalar farqlanadi:
- mashq (o‘stiruvchi) – bu sportchi tanasida tarkibiy xarakterdagi anchagina ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi.
- barqarorlashtiruvchi – bu erishilgan moslashish holatini mustahkamlaydi.
Shu bilan birga «mashg‘ulot yuklamasi» tushunchasi mashqni sportchi tanasiga ta’siri darajasi sifatida, birinchi navbatda bu ta’sirning miqdoriy darajasini belgilaydi. Kam, o‘rtacha, ma’lum darajadagi va yuqori yuklamalarni farqlash zarur.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin