Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Onglilik va faollilik tamoyili



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə59/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

Onglilik va faollilik tamoyili
Jismoniy tarbiyada onglilik va faollilik tamoyilining vazifasi shug‘ullanuvchilarda jismoniy tarbiya-sport faoliyatiga chuqur ongli munosabatni, barqaror qiziqish va ehtiyojni shakllantirishdan, shuningdek, ularni optimal faollikka undashdan iborat.
Ko‘rib chiqilayotgan tamoyilning amalga oshirilishi shug‘ullanuvchilarni bilimlar bilan boyitishga, har xil mashqlar texnikasini chuqur tushunishga, jismoniy tarbiya jarayoniga ongli va faol munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga olib kelishi kerak.
Onglilik – bu insonning ob’ektiv qonuniyatlarni to‘g‘ri tushunish, ularni tahlil qila olish va shunga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir. O‘z faoliyati natijalarini oldindan ko‘ra olish va aniq vazifalarni oldinga qo‘yish onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik o‘qishga tarbiyaviy xususiyat bag‘ishlaydi va ko‘p jihatdan shaxsning yuksak axloqiy-psixologik hamda kasbiy sifatlarining shakllanishiga yordam beradi.
Ko‘rsatmalilik tamoyili o‘rgatish (o‘qitish) da va tarbiyalashda ko‘rgazmali qurollardan keng foydalangan holda jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishni taqozo qiladi. Ko‘rsatmalilik insonning sezgi organlarini bilish jarayoniga jalb qilishni anglatadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy ko‘rsatmalilik ko‘rish, eshitish va harakat shakllarida amalga oshiriladi.
Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin
Oshirib borish tamoyili
Ushbu tamoyil shug‘ullanuvchilarda vazifalarni mukammallashtirish hamda yuklamalarni oshirish hisobiga harakat va u bilan bog‘liq bo‘lgan psixik faoliyatlarni namoyon qilishga bo‘lgan talablarni muntazam ravishda oshirib borish zaruriyatini belgilab beradi.
Inson organizmining funksional faoliyatiga qo‘yiladigan talablar muntazam ravishda oshirib borilsagina, jismoniy sifatlar yuqoriga o‘sib boradi. Kuch, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanishi mexanizmlari asosida organizmning jismoniy yuklamalarga javoban funksional moslashishga xos o‘zgarishlari yotadi. Optimal yuklamani tanlab olish juda muhimdir, ya’ni organizmning moslashish reaksiyalarini keltirib chiqaruvchi minimal yuklama shiddatini bilish lozim.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin