3.O'rgatish jarayonlarining vazifalari. O'rgatish jarayonlarinig uslub va tamoyillar bilan o'zaro aloqasi. Harkat malakasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar – u juda oddiymi yoki murakkabmi – harakat elementlari kompleksi shartli reflekslardan iborat bo‘ladi. Odamlarning mehnat yoki sport faoliyatida harakat elementlarining ma’lum tartib bilan bir necha marta takrorlashi harakat reflekslarining ma’lum shakldagi zanjirini yuzaga keltiradi, bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deb yuritiladi. Harakatning dinamik stereotipi yuzaga kelishi uchun harakat bir xilda, bir shaklda ko‘p marta takrorlanishi kerak.
Ekstropolyasiya organizmning harakat funksiyasi boshqarilayotganda yuzaga kelgan vazifalarni asab tizimida orttirilgan tajribalar asosida hal etish qobiliyatidir. Harakat ko‘nikma va malakalarining shakllanishi 23-chizmadakeltirilgan.
Harakatni o‘rganayotib, odatdagidek, o‘quvchilar mashqlarni ko‘proq mukammal egallashga intiladilar. Mukammal egallash qo‘yilgan maqsadga eng kam kuch sarflash bilan erishishdir.
Harakatni o‘zlashtirish darajalari 24-chizmada keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev A., Xonkeldiev SH. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 300 b.
2.
SalomovR.S. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari – Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
3.
Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.