32
kichik biznes subyektlari amalga oshirgan elektron savdolar 494,5 mlrd so‘mdan
iborat bo‘lib, oldingi yilga nisbatan 5,78%ga ko‘paygan.
2016-yilda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida maxsus
axborot portalida amalga oshiriladigan elektron savdolarda kichik biznes
subyektlarining ishtiroki yanada kengaydi, ya’ni ushbu yilda kichik biznes
subyektlari tomonidan amalga oshirilgan elektron savdolar summasi 591,1 mlrd
so‘mga yetdi hamda 2015-yilga nisbatan 19,53%ga oshdi.
Davlat xaridi tizimidagi elektron savdolarda kichik tadbirkorlik sohasining
salmog‘i darajasini ko‘rsatuvchi yana ko‘rsatkich elektron savdolarning umumiy
hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi hisoblanadi. Quyidagi grafikda davlat
xaridiga doir elektron savdolarda umumiy hajmida kichik biznes subyektlari
tomonidan amalga oshirilgan savdolarning salmog‘ini ifodalovchi raqamlar
keltirilgan
Dostları ilə paylaş: