Elektron auksion
Faqat Hukumat komissiyasi tomonidan
belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha qiymati 100
AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha
bo‘lgan tovar (ish, xizmatlar) xarid qilingan
Faqat tovarlar xarid qilinadi. Byudjet
buyurtmachilari uchun eng kam ish haqining
2500 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorida,
korporativ buyurtmachilar uchun eng kam ish
haqining 5000 baravaridan ortiq bo‘lmagan,
standart xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar
uchun tatbiq etiladi
Tanlov savdolari
Faqat kapital qurilish sohasida amal qilgan
O‘rnatilgan mezonlarga javob beradigan tovar
(ishlar, xizmatlar)ning barcha turlariga tatbiq
etiladi
Qiyosiy tahlilning ilmiy ahamiyatini oshirish, taqqoslanayotgan ikki
bosqichlar o‘rtasidagi farqlarni yaqqol ko‘rsatish maqsadida uni ikki ustunli
jadvallar shaklida – birinchi ustunda davlat xaridining oldingi tizimi
xususiyatlarini, ikkinchi ustunida yangi tizimiga xos xususiyatlarni keltirish orqali
amalga oshiramiz.
Mamlakatimizda davlat xaridining elektron tizimini ishlab chiqish bugungi
kunda davlat xaridi sohasidagi ustuvor strategik maqsadlardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishda ham
davlat xaridi mexanizmidan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur
yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va
ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi 475-sonli
qarori dasturilamal vazifasini bajardi.
10-jadval
Dostları ilə paylaş: |