son Qonuni hamda eski normativ-huquqiy hujjatlar asosida talaba tomonidan tayyorlandi.
42
2-bob bo‘yicha xulosa
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining
qabul qilinishi bilan davlat xaridi tizimining yangi bosqichi boshlandi. Ushbu
qonunda davlat xaridining shaffofligini ta’minlashga alohida urg‘u berilgan.
Xususan, unda xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishda inson omilini yuqori
darajada kamaytirish tamoyiliga amal qilingan. Mazkur qonun bilan davlat
xaridining huquqiy va tashkiliy qismiga oid bo‘lgan yangi tushunchalar kiritildi,
xarid qilish tartib-taomillari jarayoniga yangi talablar qo‘yildi, davlat xaridi
sohasidagi monitoring va nazoratning yangi tartiblari joriy etildi va boshqa bir
qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Qonunning hayotga izchil tatbiq qilinishi
sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun
davlat xaridlariga teng erkinlik yaratish, davlat sektorini maqbul muddatlarda
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan samarali va oqilona ta’minlashga xizmat qiladi.