www.pps.go.kr - Janubiy Koreya Davlat xaridlari xizmati rasmiy sayti.
www.pps.go.kr - Janubiy Koreya Davlat xaridlari xizmati rasmiy sayti.
51
KONEPSdan 243621 ta ta’minotchi korxonalar foydalanuvchi sifatida ro’yxatdan
o’tgan bo’lsa, 2016-yilda ta’minotchi-foydalanuvchilar soni 348069 taga yetdi.
Xitoy ham o‘ziga xos bo‘lgan davlat xaridi tizimiga ega. Hozirgi vaqtda
Xitoyda davlat xaridi sohasidagi munosabatlar asosan 2 ta qonun bilan tartibga
solinadi:
- “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun;
- “Tender to‘g‘risida”gi qonun.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun 2002-yil 29-iyunda qabul qilingan
hamda 2003-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Mazkur qonun markaziy hamda
mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladigan xaridlarga
nisbatan tatbiq qilinadi.
“Tender to‘g‘risida”gi qonun 1999-yil 30-avgustda qabul qilingan bo‘lib,
2000-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Ushbu qonunga ko‘ra quyidagi loyihalar
tender asosida amalga oshiriladi:
- jamiyat manfaatlariga taalluqli bo‘lgan infrastruktura obyektlari va
kommunal xizmat tarmoqlariga tegishli bo‘lgan keng ko‘lamli loyihalar;
- davlat korxonalari mablag‘lari yoki byudjet mablag‘lari hisobidan to‘liq
yoki xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlardan olinadigan qarz yoki grant
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun, yuqorida takidlanganidek, faqat
markaziy va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan
xaridlarga nisbatan tatbiq qilinadi.
“Tender to‘g‘risida”gi qonun esa davlat korxonalari, shuningdek, xususiy
sector investitsiyalari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar doirasidagi
munosabatlarni ham tartibga olindi. Bundan tashqari, ushbu ikki qonunning
qo‘llanilish sohalari o‘rtasida bir nechta tafovutlar mavjud bo‘lib, ular yuqoridagi
jadvalda aks ettirilgan.
Yuqorida keltirilgan qonunlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya
vazirligi tomonidan bir qator qiodalar ishlab chiqilgan.