53
“Tovar va xizmatlarning davlat xaridida tender jarayonlarini boshqarish va
qatnashchilarni tenderga taklif etish tartib-qoidalari” hamda “Davlat xaridining
tendersiz metodlariga doir qoidalar” shulardan asosiylari hisoblanadi.
Bundan tashqari, mahalliy darajadagi hokimiyat organlari ham o‘z
vakolatlari doirasida davlat xaridini amalga oshirishga doir qoidalarni ishlab
chiqishgan. Jumladan, 1998-yilda Shenzen maxsus iqtisodiy zonasi davlat xaridi
qoidalarini ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra qiymati 100 ming yuandan oshgan tovar va xizmatlarning, 200
ming yuanda oshgan ijara, ta’mirlash xizmatlarining davlat xaridi tanlov asosida
o‘tkaziladi. Beijing munisipial hokimiyati 1999-yil 22-aprelda “Beijing hokimiyati
davlat xaridi tartib-qoidalari”ni qabul qildi va bu hujjat 1999-yil 1-iyundan kuchga
kirdi.
Yashil davlat xaridlari (GPP) barqarorlikni ta'minlashda eng muhim
ekologik siyosati vositalaridan biridir. GPP ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlarda
amalga oshirilayotgan bo'lsada, uning samaradorligi yaxshilanishi kerak.
Bu ish, xarid jalb mansabdor bilim va GPP Xitoy yetkazib beruvchilar
xaridlari natijalarini ta'sir qilishi mumkin omillar o'rganish uchun to'g'ridan-to'g'ri
va mo’tadil ta'siri yangi konseptual modelini rivojlantirish istiqbollari qaratilgan.
42
Xitoyda davlat xaridini amalga oshirishning “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi
qonun bilan belgilab berilgan quyidagi usullari mavjud:
- tender;
- taklifnoma jo‘natish;
- muzokaralar olib boorish;
- yagona yetkazib beruvchidan xarid qilish
Tender davlat xaridini amalga oshirishning eng asosiy usuli hisoblanadi.
Qolgan usullarda xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish qonun hujjatlari bilan
Dostları ilə paylaş: