Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

                                           

42

  Liu  J.,  Shi  B.,  Xue  J.,  Wang  Q.  Improving  the  green  public  procurement  performance  of 

Chinese  local  governments:  From  the  perspective  of  officials’  knowledge  //  Journal  of 

Purchasing and Supply Management. Volume 25, 2018. 

 



54 

 

belgilab  berilgan  alohida  hollarga  tatbiq  qilinadi.  Har  bir  xarid  bo‘yicha  yozma 



shaklda shartnoma tuziladi.  

3.2. Davlat xaridini samarali tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari 

So‘nggi vaqtlarda jamiyatning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlat xaridi 

sohasida  ham  yirik  o‘zgarishlar  yuz  berdi,  ushbu  tizimni  takomillashtirishga 

qaratilgan tub islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar kompleks tusga ega bo‘lib, 

davlat  xaridi  tizimining  bitta  bo‘limi  yoki  yo‘nalishini  rivojlantirishga 

qaratilmasdan,  xaridlarni  amalga  oshirishning  mutlaqo  yangi  mexanizmini  ishlab 

chiqishni nazarda tutadi. Davlat xaridining  ushbu  yangi tizimini  joriy  qilishda bir 

tomondan  byudjet  tashkilotlari,  byudjetdan  mablag‘  oluvchilar  va  boshqa  davlat 

mablag‘lari  hisobidan  xaridlarni  amalga  oshiruvchi  subyektlarning    ehtiyojlarini 

o‘z  vaqtida,  yetarli  darajada  hamda  ortiqcha  xarajatlarsiz  qondirishni  taminlash 

ustuvor  vazifa  sifatida  belgilangan  bo‘lsa,  boshqa  tomondan  mamlakatimizning 

ijtimoiy-iqtisodiy  yuksalishida  ushbu  tizimning  o‘ziga  xos  instrument  sifatidagi 

barcha imkoniyatlarini safarbar qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.  

Davlat  xaridi  sohasini  takomillashtirish  borasidagi  islohotlarning  yangi 

bosqichi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi 

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 

to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni qabul qilinishi bilan bog‘liq. Mazkur Farmonda 

davlat  va  jamiyatning  barcha  jabhalarida  tub  yangilanishlarni  amalga  oshirish 

uchun  belgilab  berilgan  umumiy  vazifalar  qatorida  davlat  organlari  faoliyati,  shu 

jumladan,  davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  sohasida  ochiqlik  va  shaffoflikni 

ta’minlashga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Harakatlar  strategiyasida  belgilangan 

vazifalarning  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 

O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2017-yil  24-iyuldagi  “O‘zbekiston  Respublikasida  loyiha 

boshqaruv  tizimini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  5120-sonli  Farmoni 

asosida  O‘zbekiston  Respublikasi  Loyiha  boshqaruvining  yagona  milliy  axborot 

tizimini shakllantirish vazifasi belgilab berildi. Unga ko‘ra bu tizim:  




55 

 

-  har  bir  resursning  (tovarlar,  ishlar  va  xizmatlarning)  haqiqiy  bozor 



qiymatini  shakllantirish  hamda  noto‘g‘ri  texnik  topshiriq  va  smetalarni  yuritishga 

yo‘l  qo‘ymaslik  imkonini  beradigan  resurslar  yagona  milliy  ma'lumotnomasini 

joriy etishni;  

-  uch  o‘lchamli  loyihalash  texnologiyasidan  foydalangan  holda  resurslar 

hisobini  yuritish,  loyiha  bo‘yicha  qabul  qilingan  qaror  samaradorligini  baholash, 

resurslar miqdori va turlari to‘g‘ri belgilanganligini aniqlashni;  

-  loyiha  oldi,  loyiha  hujjatlarini  ishlab  chiqish  va  tegishli  jarayonlardan 

o‘tkazish,  ijro  intizomiga  rioya  etish,  ish  yurituvi,  hisobotlar  tuzish  ustidan 

elektron nazorat o‘rnatishni; 

-  davlat xaridlarining shaffofligini va suiiste'molchiliklarning oldini olishni 

ta'minlaydigan yagona avtomatlashtirilgan tizim tashkil etishni;  

-  ishlar  bajarilishi  va  dasturlar  ijrosining  haqiqiy  holatini  aks  ettiruvchi 

kalendar-tarmoq  rejalashtirishni  joriy  etishni, shuningdek  xabardor  qilish  tizimiga 

ega reja va jadvallarni shakllantirishni;  

-  boshqaruv  qarorlari  qabul  qilishning  nazorat-tahliliy  ta'minotini  nazarda 

tutadi


43

.  


Shuningdek,  Farmon  asosida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

huzuridagi  Loyiha  boshqaruvi  milliy  agentligi  tashkil  etildi.  Quyidagilar 

Agentlikning vazifalari qilib belgilandi:   

-  O‘zbekiston  Respublikasi  Loyiha  boshqaruvining  yagona  milliy  axborot 

tizimini yaratish, joriy etish va ekspluatatsiya qilish;  

-  O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, 

O‘zbekiston  Respublikasi  tomonidan  jalb  etiladigan  xorijiy  kreditlar,  zayom  va 

grantlar  mablag‘lari  hisobidan  moliyalashtiriladigan  davlat  va  hududiy  dasturlar, 

investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining samaradorligi 

va shaffofligini oshirish;  




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin