Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

3-bob bo’yicha xulosa 

O‘zbekistonda  davlat  xaridini  samarali  tashkil  etishda  Janubiy  Koreya  va 

Xitoy tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Zero davlatimiz hamda ushbu 

mamlakatlarning  rivojlanish  yo‘llari,  aholisining  mentalitetida  o‘xshashliklar 

mavjud  bo‘lib,  bu  o‘xshashliklar  davlat  xaridi  tizimining  ijobiy  jihatlarini 

o‘zlashtirish  imkonini  beradi.  Shuningdek,  bu  davlatlar  bilan  bugungi  kunda 

mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Janubiy  Koreyada  davlat  xaridi  sohasidagi  munosabatlar  “Davlat 

shartnomalari  to‘g‘risida”gi  qonun,  “Mahalliy  hokimiyat  organlari  to‘g‘risida”gi 

qonun,  “Davlat  xaridi  to‘g‘risida”gi  qonun  va  boshqa  bir  qator  qonun  hujjatlari 

bilan  tartibga  solinadi.  Ushbu  mamlaktda  Davlat  xaridlari  xizmati  (Public 

Procurement  Service  –  PPS) davlat  xaridi  sohasidagi  vakolatli  organ  hisoblanadi. 

PPS davlat xaridi sohasi bo‘yicha markaziy hukumat agentligi bo‘lib, mazkur idora 

mudofaa  ehtiyojlari  uchun  xaridlardan  tashqari  davlat  xaridi  jarayonining  barcha 

bosqichlarini  muvofiqlashtirib  turadi.  2002-yilda  PPS  barcha  davlat  xaridlari 

uchun  yagona darcha  vazifasini  bajaruvchi  Koreya  onlayn  elektron  xarid  tizimi  – 

KONEPSni joriy qildi. KONEPS ta’minotchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tenderlarni 

tashkil  etish,  shartnoma  tuzish  va  uning  ijrosini  nazorat  qilish,  shuningdek, 

yetkazib  beruvchilar  uchun  to‘lovlarni  o‘tkazib  berish  jarayoniga  xizmat 

ko‘rsatadi.  

Xitoy  ham  o‘ziga  xos  bo‘lgan  davlat  xaridi  tizimiga  ega.  Bu  mamlakatda 

davlat  xaridi  qonunchiligini  asosan  “Davlat  xaridlari  to‘g‘risida”gi  qonun  hamda 

“Tender  to‘g‘risida”gi  qonunlar  shakllantiradi.  “Davlat  xaridlari  to‘g‘risida”gi 

qonun  faqat  markaziy  va  mahalliy  hokimiyat  organlari  tomonidan  amalga 

oshiriladigan  xaridlarga  nisbatan  tatbiq  qilinadi.  “Tender  to‘g‘risida”gi  qonun  esa 

davlat  korxonalari,  shuningdek,  xususiy  sector  investitsiyalari  hisobiga 

moliyalashtiriladigan  loyihalar  doirasidagi  munosabatlarni  ham  tartibga  soladi. 

Bundan  tashqari,  mahalliy  darajadagi  hokimiyat  organlari  ham  o‘z  vakolatlari 

doirasida davlat xaridini amalga oshirishga doir qoidalarni ishlab chiqishgan.  




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin