Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich


    XULOSA VA TAKLIFLAR



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

 


60 

 

XULOSA VA TAKLIFLAR 

Bitiruv  malakaviy  ishini  bajarish  jarayonida  amalga  oshirilgan  tahlillarning 

natijalariga asoslangan holda, quyidagi ilmiy xulosalarni shakllantirdik:  

1. Davlat  xaridi  davlatning  o‘z  zimmasiga  olgan  vazifa  va  funksiyalarini 

amalga oshirish jarayonidagi eng muhim zvenolardan biri bo‘lib, davlat va jamiyat 

o‘rtasida  yuzaga  keladigan  ijtimoiy  munosabatlarning  moddiylashgan  shakli 

sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni davlat xaridi davlat tomonidan amalga oshirilgan 

vazifa  va  funksiyalarining  moddiy  natijasini  ko‘rsatuvchi  instrument  sifatida 

jamiyat ehtiyojlarining yetarli darajada qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ammo  bugungi  kunda  davlat  xaridiga  nafaqat  davlatning  ijtimoiy  vazifalarini 

sifatli bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida, balki iqtisodiyotni rivojlantirishga 

stimul beruvchi o‘ziga xos mexanizm sifatida qaraladi. Chunki iqtisodiy qonunlar 

asosida  samarali  tashkil  etilgan  davlat  xaridi  tizimi  mamlakat  tadbirkorlari  uchun 

juda yirik va keng assortimentli talabga ega bo‘lgan bozorni vujudga keltiradi.  

2. O‘zbekistonda  ham  davlat  xaridi  tizimini  takomillashtirishga  hamda 

iqtisodiyotni 

rivojlantirishda 

ushbu 

tizimning 



barcha 

imkoniyatlaridan 

foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat xaridining mustahkam 

huquqiy  bazasini  yaratish  birlamchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur  sohadagi 

qonunchilik  davr  talabidan  kelib  chiqqan  holda  davlat  xaridi  jarayoniga  yangi 

yondashuvlarni joriy qilish asnosida doimiy ravishda takomillashib bordi. “Davlat 

xaridlari  to‘g‘risida”gi  qonunning  qabul  qilinishi  bilan  davlat  xaridi  tizimining 

yagona  huquqiy  asosi  shakllandi.  Ushbu  qonunning  qabul  qilinishi  davlat  xaridi 

sohasini ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solish sharoitida yuzaga 

keladigan ziddiyatlarning oldini olish imkonini beradi.   

3. Mamlakatimizda davlat xaridining elektron tizimini ishlab chiqish hamda 

kichik  biznes  sohasini  rivojlantirishda  davlat  xaridi  mexanizmidan  foydalanishga 

ustuvor  yo‘nalishlar  sifatida  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Mazkur  yo‘nalishlarda 

amalga oshirilayotgan ishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-

yil 7-fevraldagi 1475-sonli Qarori dasturil amal vazifasini bajardi. Ushbu qarorda 

belgilab  berilgan  vazifalarning  ijrosini  ta’minlash  asnosida  muhim  natijalarga 




61 

 

erishildi.  Chunonchi,  so‘nggi  yillarda  O‘zbekiston  respublika  tovar-xomashyo 



birjasida  davlat  xaridlari  bo‘yicha  o‘tkazilgan  elektron  savdolar  hajmi  sezilarli 

darajada  oshdi.  Ushbu  elektron  savdolar  jarayonida  byudjet  mablag‘larining 

ma’lum  miqdorda  iqtisod  qilinishiga  erishildi.  Shuningdek,  mazkur  elektron 

savdolar  kichik  biznes  subyektlarining  asosiy  bozorlaridan  biriga  aylanib,  unda 

asosiy  ulushga  ega  bo‘ldi.  Bu  borada  yuqoridagi  qaror  bilan  belgilab  berilgan 

davlat xaridlarini amalga oshirishning kichik biznes sub'ektlari uchun ajratiladigan 

kvotalar  o‘rnatilishini  o‘z  ichiga  olgan  yangi  mexanizmi  hal  qiluvchi  ahamiyat 

kasb etdi.   

4. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 

qabul  qilinishi  bilan  davlat  xaridi  tizimining  yangi  bosqichi  boshlandi.  Ushbu 

qonunda  davlat  xaridining  shaffofligini  ta’minlashga  alohida  urg‘u  berilgan. 

Xususan,  unda xarid qilish tartib-taomilini  amalga oshirishda inson omilini yuqori 

darajada  kamaytirish  tamoyiliga  amal  qilingan.  Mazkur  qonun  bilan  davlat 

xaridining  huquqiy  va  tashkiliy  qismiga  oid  bo‘lgan  yangi  tushunchalar  kiritildi, 

xarid  qilish  tartib-taomillari  jarayoniga  yangi  talablar  qo‘yildi,  davlat  xaridi 

sohasidagi  monitoring  va  nazoratning  yangi  tartiblari  joriy  etildi  va  boshqa  bir 

qator  o‘zgarishlar  amalga  oshirildi.  Qonunning  hayotga  izchil  tatbiq  qilinishi 

sog‘lom  raqobat  muhitini  yanada  rivojlantirish,  tadbirkorlik  sub’ektlari  uchun 

davlat  xaridlariga  teng  erkinlik  yaratish,  davlat  sektorini  maqbul  muddatlarda 

tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan samarali va oqilona ta’minlashga xizmat qiladi. 

5. O‘zbekistonda davlat xaridini samarali tashkil etishda Janubiy Koreya va 

Xitoy tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Zero davlatimiz hamda ushbu 

mamlakatlarning  rivojlanish  yo‘llari,  aholisining  mentalitetida  o‘xshashliklar 

mavjud  bo‘lib,  bu  o‘xshashliklar  davlat  xaridi  tizimining  ijobiy  jihatlarini 

o‘zlashtirish  imkonini  beradi.  Shuningdek,  bu  davlatlar  bilan  bugungi  kunda 

mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.  

6. Janubiy  Koreyada  davlat  xaridi  sohasidagi  munosabatlar  “Davlat 

shartnomalari  to‘g‘risida”gi  qonun,  “Mahalliy  hokimiyat  organlari  to‘g‘risida”gi 

qonun,  “Davlat  xaridi  to‘g‘risida”gi  qonun  va  boshqa  bir  qator  qonun  hujjatlari 



62 

 

bilan  tartibga  solinadi.  Ushbu  mamlaktda  Davlat  xaridlari  xizmati  (Public 



Procurement  Service  –  PPS) davlat  xaridi  sohasidagi  vakolatli  organ  hisoblanadi. 

PPS davlat xaridi sohasi bo‘yicha markaziy hukumat agentligi bo‘lib, mazkur idora 

mudofaa  ehtiyojlari  uchun  xaridlardan  tashqari  davlat  xaridi  jarayonining  barcha 

bosqichlarini  muvofiqlashtirib  turadi.  2002-yilda  PPS  barcha  davlat  xaridlari 

uchun  yagona darcha  vazifasini  bajaruvchi  Koreya  onlayn  elektron  xarid  tizimi  – 

KONEPSni joriy qildi. KONEPS ta’minotchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tenderlarni 

tashkil  etish,  shartnoma  tuzish  va  uning  ijrosini  nazorat  qilish,  shuningdek, 

yetkazib  beruvchilar  uchun  to‘lovlarni  o‘tkazib  berish  jarayoniga  xizmat 

ko‘rsatadi.  

7. Xitoy ham o‘ziga xos bo‘lgan davlat xaridi tizimiga ega. Bu mamlakatda 

davlat  xaridi  qonunchiligini  asosan  “Davlat  xaridlari  to‘g‘risida”gi  qonun  hamda 

“Tender  to‘g‘risida”gi  qonunlar  shakllantiradi.  “Davlat  xaridlari  to‘g‘risida”gi 

qonun  faqat  markaziy  va  mahalliy  hokimiyat  organlari  tomonidan  amalga 

oshiriladigan xaridlarga nisbatan tatbiq qilinadi. “Tender to‘g‘risida”gi qonun esa 

davlat  korxonalari,  shuningdek,  xususiy  sektor  investitsiyalari  hisobiga 

moliyalashtiriladigan  loyihalar  doirasidagi  munosabatlarni  ham  tartibga  soladi. 

Bundan  tashqari,  mahalliy  darajadagi  hokimiyat  organlari  ham  o‘z  vakolatlari 

doirasida davlat xaridini amalga oshirishga doir qoidalarni ishlab chiqishgan. Xitoy 

Xalqaro  Savdo  Tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan  “Davlat  xaridi  bo‘yicha 

kelishuv” – GPA ga qo‘shilmagan. Ammo bu borada muzokaralar olib borilmoqda. 

8. Hozirgi  vaqtda  Respublikamizda  davlat  xaridini  samarali  tashkil  etish 

bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,  O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidentining  5120-sonli  Farmoni  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tashkil etildi. Shuningdek, “Davlat 

xaridlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qabul qilingan qonun davlat xaridlari 

ochiqligini va shaffofligini hamda, bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini 

ta’minlaydi hamda davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga 

ega bo‘lgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi. 

  



63 

 

 




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin