O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida
57
Qonun xaridlarning besh tartib-taomilini belgilaydi, undan ikkitasi davlat
xaridi bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid
tartib-taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li
bilan ta’minlanadi.
Qonun davlat xaridlarini amalga oshirishning amaldagi tajribasini hamda,
xalqaro tajribani, shu jumladan, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha
Komissiyasining (YUNSITRAL) model qonunchiligining asosiy qoidalarini,
Yevropa Ittifoqi, AQSH, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlar
qonunchiligini hisobga olgan. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Xalqaro bank,
ekspert va biznes-hamjamiyati, vazirlik va idoralar vakillari bilan muhokamalar
o‘tkazilgan.
Muhokamalar jarayonida hujjatning amaliy ahamiyatini oshirishga alohida
e’tibor qaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilganlik, davlat xaridlari
bozorida tadbirkorlik sub’ektlarining halol raqobatli kurashi uchun sharoitlar
yaratish, ushbu sohada davlat hamda jamoatchilik nazoratining ta’sirchan
mexanizmlarini ta’minlash maqsadida davlat xaridlarini elektron shaklga o‘tkazish
uning asosiy jihatlaridan hisoblanadi.
Qonun qabul qilinishidan avval mazkur soha 30 dan ortiq normativ-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solingan. Bunda davlat xaridlarining yaxlit tizimi mavjud
bo‘lmagan, oqibatda huquqiy kolliziyalar vujudga kelgan. Ko‘p bosqichli
kelishishlar hamda takrorlovchi tartib-taomillar korrupsiyaga sharoit yaratgan va
ko‘p vaqt yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.
Qonun bilan yuqorida bayon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli
organ sifatida belgilandi. Ilgari davlat xaridlari sohasida vakolatli organ mavjud
emas edi.
Qonunda nafaqat davlat xaridi sohasidagi munosabatlarning huquqiy
jihatlari belgilab berilgan, balki unda davlat xaridining yangi tizimiga xos bo‘lgan
bir qator tashkiliy xususiyatlar ham o‘z aksini topgan. Jumladan:
58
- davlat buyurtmachisining ikkita yangi kategoriyalari kiritilgan —
«byudjet» va «korporativ» buyurtmachilar;
- davlat xaridlarining barcha turlari uchun maxsus axborot portali joriy
etilmoqda. Elektron do‘kon va auksionda g‘olibni aniqlash avtomatik tarzda
elektron tizim orqali amalga oshiriladi;
- maxsus talablar tatbiq etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron
do‘kon orqali xarid etiladi. Byudjet buyurtmachilari uchun -25 EKIX, yiliga 2500
EKIXdan ortiq bo‘lmagan holda, korporativ buyurmachilar uchun — 250
EKIXdan ortiq bo‘lmagan limitlar o‘rnatildi. Avval elektron savdo orqali birjada
faqat 10−13 tovar, ish, xizmatlar guruhi ro‘yxatiga kirgan, 100 ming AQSH dollari
qiymatigacha bo‘lgan faqat birinchi darajada zarur bo‘lgan tovarlar xarid qilingan;
- tanlov savdolari o‘rnatilgan mezonlarga javob beradigan tovar (ishlar,
xizmatlar)ning barcha turlariga tadbiq etiladi. Ilgari tanlov savdolarini o‘tkazish
mexanizmi faqat kapital qurilish sohasida amal qilar edi;
- tender tanlovlari uchun so‘m limitlar o‘rnatilgan: byudjet buyurtmachilari
uchun — 6000 EKIH dan yuqori, korporativ buyurtmachilar uchun- 25000 EKIH
dan yuqori. Ilgari tender savdolari 100 ming AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan
summaga o‘tkazilgan;
- xarid qilish tartib-taomillari ustidan monitoring va nazorat tartibga
solinmoqda.
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha
tuzilayotgan Komissiyaning faoliyati xaridlarning barcha turlariga tatbiq etiladi.
Ilgari davlat xaridlarini nazorat qilish masalasi tartibga solinmagan, nizo
va kelishmovichliklar faqat elektron savdolar bo‘yicha maxsus komissiya
tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Qonunni
realizatsiya
qilish
sog‘lom
raqobat
muhitini
yanada
rivojlantirishga, tadbirkorlik sub’ektlari uchun davlat xaridlariga teng erkinlik
yaratish, davlat sektorini optimal muddatlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan
samarali va oqilona ta’minlashga xizmat qiladi, hamda mamlakatda qulay
investitsion muhitni shakllantirish jarayonini davom ettiradi.